«Parvardigoringiz Odam bolalarining bellaridan (ya’ni pushti kamarlaridan to qiyomat kunigacha dunyoga keladigan barcha) zurriyotlarini olib: «Men Parvardigoringiz emasmanmi?» deb o‘zlariga qarshi guvoh qilganida, ular: «Haqiqatan, Sen Parvardigorimizsan, bizlar bunga shohidmiz», deganlarini eslang!» (A’rof surasi, 172-oyat). Bundan murod tillarining emas, nafslarining iqroridir.
Chunki odamlar tillarining iqrorida farqlanishadi. Ya’ni, tillar va shaxslarda iqror
bo‘luvchi, inkor etuvchi ham topiladi.
210. Ibn Mijbar Said ibn Musayyibdan mursal holda rivoyat qilgan.
Shuning uchun Alloh taolo aytadiki:
«(Ey Muhammad), qasamki, agar siz ulardan o‘zlarini kim yaratgani haqida so‘rasangiz, albatta, ular «Alloh» derlar» (Zuxruf surasi, 87-oyat). Buning ma’nosi,
agar ularning holatlariga e’tibor bersangiz, nafslari va botinlari ularni Alloh yaratganiga
guvohlik beradi, deganidir. Yana aytadi:
«Alloh insonlarni yaratgan tabiiy xilqatni saqlangiz» (Rum surasi, 30-oyat). Ya’ni,
har bir odam fitratan Alloh azza va jallaga iymon bilan, ashyolarni qanday bo‘lsa,
shunday tanish bilan yaratilgan, ya’ni narsalarni idrok etishga iste’dodi borligi uchun
ham go‘yo ular haqidagi ilm bandaning aqlida yashirin mavjud bo‘lgandek.
Iymon nafslarida fitratan sobit ekan, insonlar bunda ikkiga bo‘linadi:
1. Haqdan yuz o‘girib, iqrorini unutganlar. Ular kofirlardir. 2. Xotirini ishga solib, iqrorini
eslaganlar. Ular avval guvohlik bergan, so‘ng g‘aflat bilan unutib, keyin yana eslagan
kishiga o‘xshaydilar. Shuning uchun ham Alloh azza va jalla aytadi:
«Va odamlar eslatma olishlari uchun o‘z oyatlarini bayon qiladi» (Baqara surasi,
221-oyat);
«(Ey Muhammad, ushbu Qur’on barcha odamlar) oyatlarini tafakkur qilishlari va aql egalari eslatma-ibrat olishlari uchun Biz sizga nozil qilgan bir muborak Kitobdir» (Sod surasi, 29-oyat);
Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy