www.ziyouz.com kutubxonasi
141
«Allohning sizlarga bergan ne’matini va: «Eshitdik va itoat qildik», degan paytingizda sizlar bilan bog‘lagan ahd-paymonini eslangiz» (Moida surasi, 7-
oyat);
«Qasamki, Biz Qur’onni zikr-eslatma olish uchun oson qilib qo‘ydik. Bas, biron eslatma-ibrat oluvchi bormi?» (Qamar, 17-oyat). Bu oyatning zikr-eslatma deb
nomlanishi haqiqatdan yiroq ish emas. Eslatma ikki xil bo‘ladi: 1. Xotirga kirgan, keyin
unutilgan narsani eslash. 2. Fitratda yashirin bo‘lgan narsani yodga olish. Bu hol basirat
ko‘zi bilan qaragan kishiga oson, ammo ochiq-ayon narsaga emas, eshitganiga taqlid
qilish bilan qanoatlanadigan kishiga og‘irdir. Shuning uchun ham uni mana shunday
oyatlar qarshisida yo‘ldan toyayotganini, eslash va nafslarning iqrori ta’vilida turli-tuman
odatlarga yo‘l qo‘yayotganini, xabarlaru oyatlarda turfa ziddiyatli xayollarga
berilayotganini ko‘rasan. Bu hol unga g‘olib kelib, hatto unga mensimay qaraydi, uni
ziddiyatli deb e’tiqod qiladi. Uning holati ko‘zi ojiz kishining bir hovliga kirib, terib
qo‘yilgan idishlarga turtinib, «Bular qanday idishlar bo‘ldi? Yo‘ldan olib, joy-joyiga qo‘yib
qo‘yilmaydimi?» deganiga o‘xshaydi. Unga: «Idishlar o‘z o‘rnida turibdi, kamchilik
sizning ko‘zingizda», deyish lozim bo‘ladi. Basiratdagi kamchilik esa, ko‘zning ojizligidan
ko‘ra ulkanroqdir. Zero, nafs chavandozga, badan otga o‘xshaydi. Chavandozning ko‘rligi
otning ko‘rligidan zararliroqdir.
Botinning basirati zohir basiratiga o‘xshagani uchun Alloh taolo aytadi:
«(Payg‘ambarning) ko‘ngli ko‘rgan narsasini inkor etmadi» (Najm surasi, 11-
oyat);
«Shunday qilib, Ibrohimga (o‘zi hujjat qilib olishi) va aniq ishonuvchilardan bo‘lib qolishi uchun osmonlar va yer mamlakatlarini ko‘rsaturmiz» (An’om
surasi, 75-oyat). Basiratning ziddini esa ko‘rlik deb nomladi: