Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
16
ishidan mamnunlar kerak bo‘lib, unga qanotlarini yozadilar».
33
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Ilmdan bir bob o‘rganib
tong ottirishing yuz rakat namoz o‘qishingdan afzaldir».
34
32. Imom Muslim rivoyati.
33. Imom Ahmad, Ibn Hibbon va Hokimlar rivoyati.
34. Ibn Abdulbar Abu Zarrdan rivoyat qilgan. Ibn Mojaniki boshqa lafz ila keladi. Bu hadisni Alboniy zaif degan.
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) yana aytadilar: «Kishi ilmdan bir bob o‘rganishi
uning uchun dunyo va undagi narsalardan yaxshiroqdir».
35
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Ilmni Chinda bo‘lsa ham
o‘rganinglar».
36
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) marhamat qiladilar: «Ilm xazina, uning kalitlari
savol. So‘ranglar, so‘rashda to‘rt kishi savobga ega bo‘ladi: so‘rovchi, olim,
eshituvchi,
ularni do‘st tutuvchi».
37
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Johil bilmaganini so‘ramasligi, olim
bilganini aytmasligi durust emas».
38
35. Ibn Abdulbar Hasan Basriydan mavquf holda rivoyat qilgan. Tabaroniy zaif isnod ila rivoyat qilgan.
36. Ibn Adiy va Bayhaqiylar zaif isnod bilan rivoyat qilishgan. Alboniy «Az-za’ifa» nomli kitoblarida botil hadis degan.
37. Abu Nu’aym zaif isnod bilan rivoyat qilgan. U isnodiga ko‘ra mavzu’dir.
38. Tabaroniy, Ibn Murdavayh, Ibn Sunniy, Abu Nu’aymlar zaif sanad bilan rivoyat qilishgan.
Abu Zarr rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: Nabiy (sollallohu alayhi vasallam):
«Olimning majlisida hozir bo‘lish
ming rakat namozdan, mingta kasalni borib ko‘rishdan,
mingta janozaga ishtirok qilishdan afzaldir», dedilar. Shunda: «Yo Rasululloh, Qur’on
tilovatidan ham yaxshiroqmi?» deb so‘rashdi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi
vasallam) aytdilar: «Ilm bo‘lmasa, Qur’on tilovati foyda beradimi?»
39
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Kim Islomni
tiriltirish uchun ilm
o‘rganayotganida vafot etsa, jannatda u bilan payg‘ambarlar orasida bir daraja
qoladi».
40
Islom buyuklari ham ilm o‘rganish fazilatini ko‘p ta’kidlashgan.
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Ilm olishda (qiynaldim),
bir oz xorlandim, tilagim hosil
bo‘lgach, azizu mukarram bo‘ldim».
39. Ibn Javziy «Mavzu’ot»da zikr qilgan.
40. Doramiy va Ibn Sunniylar hasan holda rivoyat qilishgan.
Ibn Abu Mulayka Ibn Abbos haqida shunday deganlar: «Chiroyda Ibn Abbosdek
chiroylisini, so‘zlashda
tili ravonini, fatvo berishda ilmlisini ko‘rmaganman».
Abdulloh ibn Muborak aytadilar: «Ilm o‘rganmasdan turib ulug‘likka intilgan kishiga
hayronman».
Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
Dostları ilə paylaş: