Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/150
tarix26.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#148739
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   150
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi (2)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
51
ayrim yo‘llaridan voqif bo‘lish faqat payg‘ambar yoki valiy zotlarga xosdir. Shunday 
ekan, odamlarni bu ilmdan qaytarib, shariat aytgan narsaga buyurish vojibdir. Va bu 
narsada tavfiq olishga qanoatlantiruvchi narsa bor. Qancha-qancha odamlar shu kabi 
ilmlarga sho‘ng‘ib, zarar ko‘rdilar. Agar ular chuqur ketmaganlarida, u ilm olib borgan 
narsadan ko‘ra, dindagi holatlarni yaxshiroq bilgan bo‘lardilar. Ba’zi odamlarga qush 
go‘shti, emizikli bolaga turli shirinliklar zarar qilgani kabi, ba’zi ilmlar ham ayrim insonlar 
uchun zararli ekani inkor etilmaydi. Balki ko‘p odamlarga ba’zi ishlarni bilmasligi foyda 
beradi. 
Hikoya qilinishicha, bir odam tabibga xotini tug‘masligidan shikoyat qilibdi. Tabib 
xotinning tomiridan ushlab ko‘rib: «Farzandsizlikni davolashga hojat yo‘q, chunki siz qirq 
kun ichida o‘lasiz», debdi. Bu gapni eshitgan xotin qattiq dahshatga tushibdi. Hayoti 
ko‘ziga qorong‘u ko‘rinib, barcha mollarini chiqarib, faqirlarga ulashibdi, vasiyat qilibdi, 
yemabdi, ichmabdi. Ammo tabib aytgan muddat o‘tib hamki ayol o‘lmabdi. Er tabibga 
kelib: «Xotinim o‘lmadi-ku», debdi. Shunda tabib: «Men buni bilaman, hozir borib u 
bilan qo‘shil, tug‘adi», debdi. So‘ng aytibdiki: "U ozishi uchun uni o‘lim bilan qo‘rqitdim». 
Ushbu hikoya senga ba’zi ilmlarning xatarini his qilishingdan ogohlantiradi va 
Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam): «Naf bermaydigan ilmdan Allohdan panoh 
tilaymiz»,
81
degan so‘zlarining ma’nosini tushuntiradi. Bas, sen ushbu hikoyadan ibrat ol 
va shariat yomonlagan, qaytargan ilmlardan bahs yurituvchi bo‘lma. Sahobalarga ergash 
va sunnatga tobe’ bo‘lganlar bilan kifoyalan. Salomatlik ergashishdadir. Xatar esa 
narsalardan bahs qilish va o‘zboshimchalikdadir. Fikring, aqling, daliling, hujjating va 
gumoning bilan narsalarning haqiqatini tanish uchun bahs qilyapman, deb tortishishni 
ko‘paytirma. Ilm haqida fikr yuritishning nima zarari bor, ham dema. Albatta, u sening 
zararingga xizmat qiladi. Shundog‘ ham sen o‘zingga zarar qiladigan qancha narsalarni 
bilasan, agar Alloh taolo rahmati bilan qutqarmasa, bu bilishing oxiratda halokatga olib 
boradi. 
81. Ibn Abdulbar Jobirdan (r.a.) hasan sanad bilan rivoyat qilgan.
Bilgilki, tajribali tabib boshqalar bilmaydigan muolaja sirlarini bilgani kabi, payg‘ambarlar 
ham qalblarning davosini va oxirat hayoti sabablarini yaxshi biladilar. Ularning yo‘llariga 
qarshi hukm chiqarsang, halok bo‘lasan. Bir qancha kishilar borki, barmog‘iga bir yara 
chiqsa, o‘zicha uni davolamoqchi bo‘ladi. Tajribali tabib yarani tananing boshqa 
tomonidan davolashni uqtiradi. Holbuki, tomirlarning badanda qanday tarqalganini, 
joylashgan o‘rnini va tanani qanday o‘rab olganini bilmagan odam tabibning so‘zini 
aqldan yiroq sanaydi. Shuningdek, oxirat yo‘lidagi ishda, shariatning nozik maslak, odob 
va aqidalarida sir va nozikliklar bor, ularni tushunishga aqlning quvvati yetmaydi. 
Masalan, toshlarda ajoyib xosiyat borki, hech kimsa ohanrabo temirni qanday qilib 
tortishi sababini bilishga qodir emas.
Shuningdek, aqida va amallarda ham g‘aroyibot va ajoyibotlar bor, ular qalblarning 
musaffoligini, beg‘uborligini, tazkiyasi va Alloh taoloning (ma’naviy) qo‘shnichiligiga 
yetishish yo‘lidagi islohini ta’minlaydi. Ularning fazilatiga ro‘baro‘ bo‘lish foydasi dori-
darmonlardan ko‘ra ko‘p va kattaroqdir. 
Aql dorilarning manfaatini anglashga qosirlik qiladi, faqat tajribagina uni his etishga yo‘l 
ochadi. Shuning kabi aql oxirat hayotiga nima naf berishini anglay olmaydi, inchunun, 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin