Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
47
yo‘lda ketayotsalar, bir odam sherigiga u kishini ishora qilib: «Bu odam kechaning
hammasini bedor o‘tkazadi», debdi. Shundan keyin u zot: «Ibodatda o‘zimda yo‘q narsa
bilan vasf etilishdan Alloh taolodan hayo qilaman» deb
kechaning hammasini bedor
o‘tkazganlar.
U kishining zohidliklari haqida Robi’ ibn Osimdan rivoyat etiladi: «Yazid ibn Umar ibn
Hurayra u kishining Baytulmolga hokim bo‘lishlarini istab, meni u kishining huzurlariga
yubordi. Kelib aytsam, u kishi rozi bo‘lmadilar. So‘ng Yazid
Abu Hanifani yigirma darra
urdirdi».
U zotning rahbarlikdan tiyilishlariga va azobni ko‘tarishlariga nazar tashla.
Hakam ibn Hishom Saqafiy aytadi: «Menga Shomda Abu Hanifa (r.a.) haqlarida aytib
berishdi. U kishi omonatdorlikda odamlarning eng buyugidir. Sulton u kishiga davlat
g‘aznasiga hokim bo‘lishni, yo‘qsa, gardanlariga darra urishini aytganida,
Alloh taoloning
azobidan sultonning azobini afzal ko‘rdilar».
Ibn Muborak (r.a.) huzurida Abu Hanifa (r.a.) zikr etilganida, «Dinidan qo‘rqib, undan
qochgan odamni aytyapsizlarmi?» deganlari rivoyat qilinadi.
Muhammad Shujo’ ayrim do‘stlaridan rivoyat qiladi: «Imom Abu Hanifaga: «Amirul
mo‘minin Abu Ja’far Mansur sizga o‘n ming dirham berishni buyurdi», deyishganida, Abu
Hanifa (pulni olishga) rozi bo‘lmadilar. Pul olib kelinadigan kun
u zot subh namozini
o‘qidilar, so‘ng (hech kim bilan gaplashmay) kiyimlariga o‘ranib oldilar. So‘ngra elchi
Hasan Qahtaba pulni olib kelib, huzurlariga kirdi, lekin u bilan gaplashmadilar. U
kishining huzurlaridagilardan biri: «O‘zi biz bilan ham onda-sonda gaplashadilar», dedi.
Shunda elchi: «Mana
bu pullarni xaltachaga solib, uyning bir chekkasiga qo‘yib
qo‘yinglar», dedi. Keyin Abu Hanifa (r.a.) o‘g‘illariga uydagi mol-mulklari xususida
vasiyat qilar ekanlar: «Men o‘lsam, meni dafn qilganing zahoti bu o‘n ming dirhamni
Hasan Qahtabaga olib borib ber va Abu Hanifaga qoldirib ketgan omonatingizni oling»,
deb ayt», dedilar. O‘g‘illari (Hammod): «Men otam aytganlarini bajardim. Shunda
Hasan: "Alloh
otangizni rahmat qilsin, u kishi dinlariga juda xasis edilar», dedi».
Rivoyat qilinishicha, u kishi qozilik mansabiga taklif qilinganlarida: «Men bu vazifaga
loyiq emasman», dedilar. Yolg‘on aytyapsiz, degandek, «Nima uchun?» deyishdi.
Shunda u kishi: «Agar rostgo‘y bo‘lsam, haqiqatdan qozilikka yaramayman. Agar (sizlar
o‘ylayotgandek) yolg‘on so‘zlayotgan bo‘lsam, yolg‘onchi qozilikka yaramaydi», dedilar.
U kishining oxirat yo‘lini, din ishlarini va Alloh taoloni tanishlariga
dunyodagi zuhdlar va
Alloh taolodan qattiq qo‘rqishlari dalolat qiladi.
Ibn Jurayj (r.a.): «Menga sizlarning Kufangizdagi No‘’mon ibn Sobitning Alloh taolodan
qattiq qo‘rquvchi ekani xabari keldi», deganlar.
Sharik an-Naxa’iy (r.a.): «Abu Hanifa (r.a.) uzoq sukunatli, doimiy tafakkurda bo‘lgan
va odamlar bilan kam so‘zlashuvchi kishi edi», deganlar. Ushbu sifatlar u kishining
botiniy ilmiga va din hikmatlari bilan mashg‘ul bo‘lganlariga ravshan alomatdir.
Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
Dostları ilə paylaş: