Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/150
tarix26.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#148739
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   150
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi (2)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
48
Kimga sokinlik va zuhd berilgan bo‘lsa, demak unga ilmning barchasi berilibdi. Ushbu 
aytilganlar uch buyuk imomning holatlaridan bir parchadir. 
Ammo Imom Ahmad ibn Hanbal va Sufyon Savriyga (r.a.) ergashuvchilar u uch imomga 
ergashuvchilardan ozdir. Sufyonning tobe’lari Ahmad ibn Hanbalnikidan ham ozroq. 
Lekin u ikkovlarining taqvo va zuhd bilan mashhurliklari barchaga ma’lum. Bu kitob u 
ikki zotning so‘zlari va amallari hikoyasiga to‘la. Shuning uchun hozir buni yoritib 
o‘tirishga hojat yo‘q. Endi sen uch imomning siyratiga boq, ularning holatlari, so‘zlari va 
dunyodan yuz o‘girib, qilgan ishlarini, Alloh taolo uchun har narsadan o‘zlarini xalos
etganlarini taammul qil. 
Fiqhning far’iy juz’lari bo‘lgan salam, ijara, zihor, iylo’, li’on ilmlarini bilishning o‘zigina 
beradimi yoki undan oliyroq va sharafliroq boshqa ilmmi?! Sen ushbu imomlarga iqtido 
qilganlik da’vosidagilarga nazar tashla, ular da’volarida sodiqmi, yo‘qmi?! 
Uchinchi bob 
 Omma mahmud hisoblagan, ammo mahmud bo‘lmagan ilmlar haqida
Ushbu bobda ayrim ilmlarning gohida mazmum (qoralangan) bo‘lishi, fiqh, tavhid, tazkir 
va hikmat kabi ilmlar nomlarining o‘zgarishi, shar’iy ilmlarning mahmud va mazmum 
bo‘lgani miqdori bayon etiladi.
Mazmum bo‘lgan ilmni yomonlash illatining bayoni
Ehtimol sen: «Narsa qanday bo‘lsa, uni shundayligicha bilmoq, tanimoq ilmdir. Va u 
Alloh taoloning sifatlaridan biridir. Endi qanday qilib, narsa ilm, shu bilan birga, yana 
mazmum ham bo‘ladi», deyishing mumkin. Bilgilki, aynan ilmning o‘zi qoralanmaydi, 
balki uchta sababning biri tufayli bandalar qoralanadi. 
Birinchi sabab – ilm o‘z sohibini yoki boshqalarni qandaydir zararga olib borishi. 
Masalan, sehr va tilsim ilmlari, haq bo‘lsa-da, shu sabab tufayli yomonlanadi. Zero, 
Qur’oni karim sehrning borligiga guvohlik bergan. U erxotin o‘rtasini ajratib yuborishga 
sababdir. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ham sehr qilinganlar
77
va u sababli 
kasal bo‘lganlar. Bu haqda Jabroil (a.s.) Payg‘ambarimizga xabar bergan va u zot quduq 
tagidagi toshdan sehrni chiqarganlar. Sehr inson javharlarining xosiyatlari va 
yulduzlarning chiqishlarini hisob-kitob qilish orqali o‘rganiladigan ilmdir. Xosiyatlari 
ma’lum bo‘lgan javhardan sehr qilinadigan shaxsning shakli yasaladi va ma’lum 
yulduzlarning vaqti ko‘rib turiladi. Yulduzlar chiqishi bilan shariatga zid, kufr va fahsh 
so‘zlar o‘qiladi. Shu duo tufayli shaytonlardan yordam so‘raladi. Natijada Alloh taoloning 
joriy odati bilan sehr kishida g‘ayri oddiy holatlarni yuzaga keltiradi. Sehr ushbu 
sabablarni o‘rganish jihatidan mazmum emas, balki uni ishlatish faqat xalqqa zarar 
yetkazgani uchun yomondir. Yomonlikka vosita bo‘lgan narsa ham yomon sanaladi. 
Ilmning mazmum bo‘lishiga shu narsalar sabab bo‘ladi.
77. Muttafaqun alayh.


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
49
Bir odam Allohning bir valiyini o‘ldirish uchun quvayotgan bo‘lsa, u valiy pana joyga 
yashirinib olsa, zolim uning yashiringan joyini so‘rasa, aytib berish joiz emas. Balki 
aldash vojibdir. Uning yashiringan joyini aytish zararga olib borgani uchun mazmumdir.
Ikkinchi sabab – ilm o‘z sohibiga (foydadan ko‘ra) ko‘proq zararli bo‘lishi. Masalan, 
nujum – yulduzlar ilmi. Bu ilmning ham aynan o‘zi mazmum emas.
Nujum ilmi ikki qismga bo‘linadi. Birinchi qism hisob-kitob ilmi. Binobarin, Qur’oni karim 
oy va quyoshning sayr qilishi hisob-kitobli ekanini so‘zlagan. Alloh taolo:

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin