Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/150
tarix26.09.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#148739
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   150
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi (2)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
54
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Kishi bandalardan Alloh uchun 
g‘azablanmagunicha va Qur’onning ko‘p qirralarini ko‘rmagunicha haqiqiy faqih 
bo‘lolmaydi», deganlar.
87
Yana Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) mana bu
so‘zlari Abu Dardodan mavquf holda rivoyat qilingan: «So‘ngra nafsiga yuzlanib, unga 
yanada qattiqroq nafratda bo‘ladi». 
Farqad Sabxiy (r.a.) Hasan Basriydan (r.a.) bir narsa haqida so‘radi. U kishi javob 
berdilar. Farqad: «Fuqaholar sizning fatvolaringizga qarshi chiqmoqda», dedi. Shunda 
Hasan Basriy (r.a.): «Onang seni yo‘qotib qo‘ygur, Farqodcha, sen ko‘zing bilan faqihni 
ko‘rganmisan? Dunyodan yuz o‘girib, oxiratga intilgan, dinni yaxshi tushunib, Rabbining 
ibodatida bardavom bo‘lgan, taqvoli, musulmonlarning nomuslaridan nafsini tiygan
ularning mol - mulklaridan behojat va ularning jamoatlariga nasihat qilib turuvchi kishi 
haqiqiy faqihdir», dedilar, fatvolarning far’iy masalalarini yod oluvchi, deganlari yo‘q.
86. Abu Dovud hasan isnod bilan rivoyat qilgan.
87. Ibn Abdulbar Shaddod ibn Avsdan rivoyat qilgan va marfu’ deyish joiz emas degan.
Men, «fiqh» degan nom, zohiriy hukmlardagi fatvolarni o‘z ichiga olmaydi, demoqchi 
emasman, lekin bu lafz umumiy va keng ma’nolarni qamrab olishini yoki boshqa 
ilmlarga far’iy masalalarni ham tobe’ qilish yo‘li bilan qo‘llanilganini aytmoqchiman. 
Ulamolar fiqh lafzini ko‘proq oxirat ilmiga qo‘llaganlar. Keyinchalik fatvo ilmiga xoslandi, 
natijada odamlarni oxirat ilmi va qalbga tegishli hukmlardan qaytarib, zohiriy ilmlar 
bilan shug‘ullanishga undash paydo bo‘ldi. Ular tabiatlarida yordamchi topdilar. Chunki 
botiniy ilm yashirin bo‘lib, tagiga yetish mushkul va unga amal qilish qiyindir. U bilan 
rahbarlik, qozilik, obro‘-martaba va mol-mulkka yetishish mumkin emasligi tufayli 
shayton shariatda mahmud bo‘lgan fiqh nomini zohiriy ilmga xoslash bilan qalblarga 
chiroyli ko‘rsatish uchun yo‘l topdi. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin