www.ziyouz.com kutubxonasi
80
nazar, tashakkur bildiradi.
Shoir shu ma’noda aytadi:
Sel baland to‘siq bilan urushgan yanglig‘, Ilm ham kibrli yoshga urush ochgandir. Tavoze’ hamda ustozni jon qulog‘i bilan tinglash bilangina ilmga yetishish mumkin. Zero,
Alloh taolo:
«Albatta, bunda uyg‘oq qalb egasi bo‘lgan yoki o‘zi hozir bo‘lib, quloq tutgan kishi uchun eslatma bordir» (Qof surasi, 37-oyat), deb aytadi.
129. Ibn Adiy, Muoz va Abu Umomadan zaif isnod ila rivoyat qilgan.
Oyatdagi «qalb egasi»dan murod ilmni qabul qiluvchi, fahmlovchi kishidir. Shogird
ustozining tavsiyalariga quloq solmagunicha, qalbini ilm eshitish uchun hozirlamagunicha
uni fahmlay olmaydi. Muallimning ko‘rsatmalarini go‘zal tarzda eshitishi, unga itoatda
bo‘lishi, shukrini, xursandligini, minnatdorligini izhor etishi lozim. Talaba ustozga
nisbatan yumshoq tuproqdek bo‘lishi kerak. Qachon yumshoq tuproqqa mo‘l yomg‘ir
yog‘sa, darrov o‘ziga singdiradi. Xuddi shuning singari ustoz dars davomida biror
narsaga buyursa, o‘z fikridan voz kechib, so‘zsiz unga itoat etish talabaning burchidir.
Zero, ustozning yanglish so‘zi uning o‘z nazdidagi to‘g‘ri so‘zidan foydaliroq. Manfaati
katta bo‘lish bilan birga, eshitilishi g‘aroyib sanalgan daqiq narsalar tajriba orqali
bilinadi. Aslida tabib harorati baland kasalga ba’zan quvvatini oshirish uchun muolajani
buzadigan darajada haroratni ko‘taruvchi dori bersa, tabobatdan xabari yo‘q kishi
taajjublanadi. Alloh taolo Hazrati Muso (a.s.) bilan Xizr (a.s.) orasidagi bo‘lib o‘tgan
voqeani shunday hikoya qiladi:
«U (Xizr) aytdi: «Aniqki, sen men bilan birga ilm muammolariga sabr qila olmaysan. Zotan, o‘zing egallab, xabardor bo‘lmagan narsaga qanday sabr qilasan?!» (Kahf surasi, 67-68-oyatlar). Shundan so‘ng Xizr (a.s.) Musoga (a.s.) sukut
saqlashni va barcha fe’llariga rozi bo‘lishni shart qilib qo‘ydi. Ya’ni: