«Aniqki, shayton sizlarga dushmandir, bas, uni dushman tutinglar! Shak- shubhasiz, u o‘z firqasini (ya’ni, o‘ziga ergashgan kimsalarni) do‘zax egalaridan bo‘lishlari uchun da’vat qilur» (Fotir surasi, 6-oyat).
«Men sizlarga: «Ey Odam bolalari, shaytonga ibodat qilmangiz, chunki u sizlarga ochiq dushmandir. Faqat Mengagina ibodat qilinglar! Mana shu to‘g‘ri yo‘ldir», deb buyurmaganmidim?!» (Yosin surasi, 60-61-oyat).
Bandaga dushmanini o‘z nafsidan daf qilish bilan mashg‘ul bo‘lishi lozim bo‘ladi. Uning
asli, nasabi, maskani haqida bahs qilish bilan shug‘ullanish zaruriyati yo‘q. To‘g‘ri,
nafsidan uni daf qilish uchun o‘zining bir quroli haqida o‘ylab ko‘rishi kerak bo‘ladi.
Shaytonning quroli esa havoyi nafs va shahvatlardir. Mana shu qurolining o‘zi butun
olamga yetarlidir. Uning zoti, sifati, haqiqatini bilishdan Allohdan panoh so‘raymiz.
Farishtalarning haqiqatini bilish esa mukoshafa ilmlariga chuqur kirishib ketgan
oriflarning maydonidir. Muomala ilmida uni bilishga ehtiyoj yo‘qdir.
Xayollar (fikrlar) uch xil bo‘ladi: 1) Yomonlikka chaqiruvchi ekanligi aniq bilinadi. Buning
vasvasa ekanligi aniq. 2) Yaxshilikka chaqiruvchi ekanligi bilinadi. Buning ilhom
ekanligida shak yo‘q. 3) Shubha bilan qaraluvchi. Buning shayton tarafidan yoki farishta
tarafidan ekanligi aniq bilinmaydi. Chunki yomonlikni yaxshilik maydonida ko‘rsatish
shayton hiylalaridandir. Buning yaxshi-yomonligini ajratib olish juda qiyin. Ko‘p bandalar
mana shu bilan halok bo‘lishadi. Chunki shayton ularni yomonlikka ochiq-oydin
chaqirishga qodir bo‘lmaydi-da, yomonlikni yaxshilik suratida ko‘rsatadi.
Go‘yo bir olimga nasihat tarzida «Xaloyiqqa qaramaysanmi, nodonliklaridan o‘liklarga
o‘xshab qolishibdi, g‘aflatlari ziyodaligidan halok bo‘lib, do‘zaxga yaqinlashib qolishibdi.
Nasihatlaring va ma’ruzalaring bilan halokatdan qutqarib, bu Allohning bandalariga rahm
qilsang bo‘lmaydimi? Batahqiq, Alloh senga ko‘ruvchi qalb, fasohatli til va maqbul
notiqlikni ne’mat qilib bergan bo‘lsa, qanday qilib Allohning ne’matlariga nonko‘rlik
qilasan? Qanday qilib Uning g‘azabiga o‘zingni ko‘ndalang qilasan? Yana qanday qilib
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy