www.ziyouz.com kutubxonasi
47
o‘xshaydi. U yo‘lni faqat aql ko‘zi va yorituvchi quyoshning chiqishi bilan bilishi mumkin.
Bu yerdagi aql ko‘zi taqvo bilan musaffo qilingan qalbdir. Yorituvchi quyosh esa Alloh
taolo kitobidan va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlaridan istifoda qilib
olingan, qay biridan borilishi noma’lum bo‘lgan yo‘llarni aniqlab beradigan mukammal
ilmdir. Agar musaffo qalb va mukammal ilm bo‘lmasa, shaytonning yo‘llari ko‘p va
xufyonadir. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam bir kuni bir chiziq chizdilar va: «Bu Allohning yo‘li», dedilar. So‘ngra chiziqning
o‘ng va chap tomonlariga bir necha chiziqlarni chizdilar. Keyin: «Bu yo‘llarning har birida
unga chaqirib turadigan shayton bor», dedilar (Nasaiy rivoyati, sanadi sahih). So‘ngra
tilovat qildilar:
«Albatta mana shu Meningto‘g‘ri yo‘limdir. Bas, shu yo‘lga ergashinglar! (Boshqa) yo‘llarga ergashmangizki, ular sizlarni Uning yo‘lidan uzib qo‘yar» (An’om surasi, 153-oyat). (Bunda ana shu chizilgan chiziqlar nazarda tutilyapti.)
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shaytonning yo‘li ko‘pligini bayon qilib berdilar».
Darhaqiqat, shaytonning yo‘llaridan xufyonalari uchun bir necha misollarni zikr qildik. U
ulamolar va shahvatlariga hukmlarini o‘tkaza oladigan, zohiriy gunohlardan o‘zlarini tiya
oladiganlar aldanib qoladigan yo‘ldir. Endi shaytonning maxfiy bo‘lmagan, ochiq, lekin
odamni undan yurishga majbur qiladigan yo‘li uchun ham bir misol keltiraylik. Bunda
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytgan hadislarni zikr etamiz. U zot sollallohu
alayhi vasallam aytdilar: «Bani Isroil qavmida bir rohib bo‘lgan edi. Shayton bir qizning
oldiga borib, uni bo‘g‘di. U qizning davosi rohib huzuridaligini qizning yaqinlari qalbiga
soldi. Qizni rohib oldiga olib borishdi. U qizni qabul qilishdan bosh tortdi. Lekin ular
ibodatgo‘y rohibga yalinib turib olishdi. Shunda uni qabul qilishga rozi bo‘ldi. Uni
davolash uchun oldiga borganida shayton kelib, qizga yaqinlik qilishni chiroyli ko‘rsatdi.
Oxiri u bilan jinsiy aloqada bo‘ldi. U qiz rohibdan homilador bo‘ldi. Obidga shayton
vasvasa qilib: «Endi sharmanda bo‘lasan, hozir oldingga qizning yaqinlari keladi. Bas,
qizni o‘ldir, agar sendan so‘rashsa, o‘zi o‘lib qoldi, deb aytgin», dedi.
Rohib qizni o‘ldirib, dafn qildi. Shayton esa uning ahli oldiga borib, rohib qizni homilador
qilib, keyin o‘ldirganini va dafn etganini ularning qalblariga vasvasa qildi. Rohibning
oldiga qizning oilasi kelib qizlari haqida so‘rashdi. U: «Qiz o‘lib qoldi», dedi. Shunda ular
rohibni o‘ldirish uchun ushlashdi. Uning oldiga shayton kelib: «Qizni bo‘g‘ib kasal qilgan
ham men, uning oilasi qalbiga (senga olib kelishni) solgan ham men, menga itoat qil,
najot topasan. Ulardan seni xalos qilaman», dedi. Shunda rohib: «Nima narsa bilan
(senga itoat qilay)?» dedi. Shayton: «Menga ikki bor sajda qil», dedi. Bas, rohib uning
uchun ikki bor sajda qildi. Unga shayton: «Men sendan bezorman», dedi» (Ibn Abud-
Dunyo rivoyati).
Alloh taolo aytadi: