Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc



Yüklə 458,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/128
tarix15.11.2022
ölçüsü458,82 Kb.
#69169
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   128
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
49
oilasini va xotin, bola-chaqasini eslataman, hatto u jangni tashlab qochib ketadi. 
Uchinchisi - nomahram ayol bilan birga o‘tirmoqdan o‘zingizni saqlang, chunki sizni 
unga, uni sizga yuborguchi elchilaringizman. Oralaringizda doim birga bo‘lib, sizni u 
bilan, uni siz bilan fitnalantirib qo‘yaman». 
Mana shu so‘zlari bilan shayton shahvat, g‘azab va ochko‘zlikka ishora qildi, chunki 
jangdan qochish dunyoga harislikdandir. Odam alayhissalomga o‘lganlarida sajda 
qilishdan bosh tortishi - bu hasaddir. Bu qalbga kirish eshiklarining kattalaridandir. 
Zikr qilinishicha, ba’zi avliyolar Iblisga: «Odam farzandiga qanday qilib ustun kelasan?» 
deyishganida, shayton: «G’azab va havoyi nafsga ergashgan paytida uni ushlayman», 
dedi. 
Hikoya qilinishicha, Iblis bir rohibga ko‘ringanida rohib undan: «Odam farzandining qaysi 
axloqi senga ko‘proq yordam beradi?» deb so‘rabdi. Shayton: «Jizzakilik, chunki agar 
banda jizzaki bo‘lsa, go‘dak to‘pni aylantirganidek, biz uni aylantiramiz», deb javob 
bergan ekan. 
Aytilishicha, shayton shunday derkan: «Odam farzandi qanday qilib mendan ustun kela 
olardi? Agar rozilik holatida bo‘lsa, kelib qalbiga o‘rnashib olaman. Agar g‘azabli holatida 
bo‘lsa, uchib boshiga o‘rnashib olaman». 
Yana katta eshiklardan biri hasad va ochko‘zlikdir. Qachon banda biror narsaga 
ochko‘zlik qilsa, uning ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar bo‘lib qoladi. Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam: «Sening bir narsaga bo‘lgan muhabbating ko‘r, kar qiladi», dedilar (Abu 
Dovud rivoyati, sanadi zaif). Shaytonning qalbga kirish o‘rinlarini esa faqat qalb ko‘zi 
biladi. Agar qalb ko‘zini hasad va hirs to‘sib qo‘yadigan bo‘lsa, u holda hech narsani 
ko‘rolmay qoladi. Ana shu paytda shayton o‘ziga qulay fursat topadi. U hirs va 
shahvatga olib boradigan narsani, garchi u munkar va fahsh narsa bo‘lsa ham, chiroyli 
qilib ko‘rsatadi. 
Rivoyat qilinishicha, Nuh alayhissalom kemaga chiqqan vaqtlarida, Alloh u kishiga 
buyurganidek, jonivorlardan ikkitadan - erkak va urg‘ochi qilib oldilar. Kemada o‘zlari 
tanimaydigan bir keksa kishini ko‘rdilar. Unga: «Nima uchun kirding?» dedilar. U: 
«Do‘stlaring qalbini nobud qilish uchun kirdim. Ularning qalblari men bilan bo‘lib, 
badanlari sen bilan qoladi», dedi. Nuh alayhissalom unga: «Chiq bu kemadan, ey 
Allohning dushmani, chunki sen la’natlangansan», dedilar. Iblis aytdi: «Besh narsa 
borki, insonlarni ana shular bilan halok qilaman. Senga ulardan uchtasini aytib beray, 
lekin ikkitasini aytmayman», dedi.
Alloh taolo Nuh alayhissalomga vahiy qilib: «U uch narsaga sizda hojat yo‘q, keyingi 
ikkitasini aytsin», dedi. Nuh alayhissalom unga: «U ikki narsa nima?» dedilar. Shayton: 
«Ular shunday narsalarki, meni yolg‘onchi qilib ham qo‘ymaydi, menga xilof ham 
qilmaydi. Ana shu ikki narsa bilan insonlarni halok qilaman. Ular hirs va hasaddir. Hasad 
bilan la’natlandim va quvilgan shaytonga aylandim. Ammo hirsga kelsak, Odam uchun 
jannatda har bir narsaning ruxsati berildi, faqat bir daraxtning ruxsati berilmadi. Bas, 
men harislik bilan unga daraxt mevasidan yedirib maqsadimga yetdim», dedi. 
Shaytonning katta eshiklaridan yana biri ovqatni garchi u pokiza va halol bo‘lsa ham, 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 458,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin