T me/akrommalik



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/170
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114629
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   170
Halqa [@kitoblar pdf]



T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
Аkrom MАLIK 
H
АLQА
 
Qissa 
Toshkent 
– 2020


T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
BIRINCHI BOB 
... Hind ummonidan suzib borayotgan kemaning nomi «Urvatul 
vusqo» bo‘lib, yo‘lovchilar bu kemaga Indoneziya bandargohidan chiqishib, 
Saudiya sohillarida tuproqqa tushadilar. Musulmon shirkatiga tegishli kema 
ming nafar y
o‘lovchini sig‘diradi. Ular ichida har toifa insonlarni uchratish 
mumkin. Biroq kemaning qatʼiy qoidasi bor: unda Islomiy axloq hukm 
suradi. Kemaga chiqishda bu qoida har bir insonga tushuntiriladi. Ochiq 
kiyinish, ajnabiy musiqalar tinglash, behayo odatlar taʼqiqlangan. Sarxush 
qiluvchi ichimliklar ichilmaydi, tamaki chekilmaydi. Kemada ixchamroq 
masjid bor. Kemaning b
o‘lmalari har bir oila uchun alohida.
G‘ayridin ayol yo o‘zi, yo eri bilan chiqa oladi. Muslimalardan hamisha 
mahramlari b
o‘lishi talab etiladi. Istisno holatlar ham bor, buni kema 
rahbariyati hal qiladi. 
Erning b
o‘yi baland ammo ozg‘in, inglizlarga xos yuzi oq –sariq, 
sochlari qiz
g‘ishtop –jingalak, burni uzun, yonoqlari turtib chiqqan, sepkilli, 
k
o‘zlari ko‘kish rangda. Аyolning ham haqiqiy ingliz qiyofasi bor: sochlari 
jigarrang, k
o‘zlari moviy, peshonasi keng, qirraburun, iyagi biroz oldinga 
ch
o‘zilgan, istarali ayol. Ko‘zlari tagidagi sepkil uni mehribon ko‘rsatadi. 
Erning ismi Jozef, ayolning ismi 
Аnna. Jozef soqol qo‘ygan. Qulog‘idagi 
sir
g‘asini kemada yechdi. Аnna esa ko‘kragini yopib, uzun libos kiydi, 
muslimalar ichida ajralib qolmaslik uchun, aniqro
g‘i, ularning hurmatini 
saqlash niyatida oq, zarlangan, sariq gulli r
o‘molni boshiga yengil tashlab 
yuribdi.
Jozef va 
Аnna ikkisi ham jurnalist. Ular ishlaydigan axborot agentligi 
o‘z nashrlari, tele va radiokanalari hamda internet saytlariga ega. 
Аxborot agentligi xalqaro maqomga egaligi bois nomi «Blue sky's 
sight» (tarjimasi «Moviy samo nigohi» bo‘lib, qisqartmasi BSS) dir. Jozef va 



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin