T me/akrommalik



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/170
tarix16.05.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#114629
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   170
Halqa [@kitoblar pdf]

T.me/akrommalik 
 
www.facebook.com/akrom.malik2020 
 
Muslimalar bir necha on sukut saqlashdi, 
o‘zaro shivirlashib nimanidir 
maslahat qilishdi. Keksaroq ayol 
o‘rnidan turdi. 
– Men boshlab beraman, – dedi Аnnaga. 
– Marhamat, bu yerga keling! – Аnna o‘rtaga qo‘yilgan stol va stulga 
chorladi. Stolda orxideya guli, shisha idishda ichimlik suvi va finjon bor edi. 
– O‘zingizni tanishtiring, iltimos, tasvir olinyapti, ovoz yozilyapti, – 
dedi 
Аnna u muslimaga. 
– Olamlar Robbisi Аllohga hamd aytaman. Uning Rasuli, Elchisi, 
suyukli nabiyimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamga, oilalariga, 
ashoblariga salom va salovotlar y
o‘llayman. Аllohning ismi bilan so‘zimni 
boshlayman. Sizlarga 
Аllohning salomi, rahmati va barokatini tilayman, ey 
muslima opa-singillarim! Qadrli 
Аnna! Go‘zal nutqingiz uchun tashakkur. 
G
o‘zal tarbiyangiz uchun sizga rahmat. Shijoatingiz sizga xayr keltirsin. Bu 
shijoat sizni Haq y
o‘lga boshlasin! Mening ismim Hojar. O‘zim Malayziyada 
yashayman, 
– deb so‘z boshladi Hojar xonim. 
Xonimning ovozi sehrli edi, g
o‘yo. Mayin, ayni paytda qatʼiy. Qadam 
bosishlari, 
o‘tirishlari, har bir harakatlari viqorli edi. Аnna unga qarab, 
bunday joziba davlat tepasida 
o‘tirgan prezident va bosh vazir xonimlarda 
ham uchramasligini ichida tan oldi. T
o‘g‘ri, Britaniya qirolichasi Yelizaveta 
xonim bilan bundan besh yil oldin k
o‘rishgandi. Qirolicha yetimlarga xayriya 
tadbiriga 
o‘g‘li Charlz bilan kelgan edi. Аnna qirolichani yetimlarni erkalab 
turganida yoniga yaqinlashdi. S
o‘ng zoti oliyalariga xayrli kun tiladi. 
Qirolicha unga qarab mayin jilmayib, «Xayrli kun!» – dedi. «Siz bilan 
suhbatlashsam, maylimi?» – so‘radi Аnna shoshib. «Mayli, qizalog‘im. 
Qanday savollaring bor?» – iltifot qildi Qirolicha. Shu payt Qirolicha 
xodimlaridan biri paydo b
o‘ldi. «Kechirasiz, yosh xonim. Zoti oliyalarining 
dasturida siz bilan suhbat y
o‘q», – dedi u. «Jonatan, qizga ruxsat ber. 
Zerikib turgandim. Savolini beraqolsin», – dedi Yelizaveta xonim. 



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   170




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin