«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya muqiMİy she’rlaridagi musiQİy joziba hamda ohangdorlik to’g’izova Malika Soxib qizi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti



Yüklə 474,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix10.03.2023
ölçüsü474,78 Kb.
#87228
  1   2   3   4




«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: Nazariya va 
amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
MUQİMİY SHE’RLARİDAGİ MUSİQİY JOZİBA HAMDA 
OHANGDORLİK 
To’g’izova Malika Soxib qizi 
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 
“Moliya va buxgalteriya hisobi” fakulteti talabasi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.6404648 
Annotatsiya: Ushbu maqolada Muqimiy lirikasida g’azal janrining tutgan o’rni haqida fikrlar 
bildirilgan. Muqimiy g’azalnavislik borasida salohiyatli ijodkor sifatida namoyon bo’ladi. 
Uning g’azallari adabiyotimiz tarixida alohida o’rin tutadigan ijod namunalaridir. 
Kalit so’zlar: Muqimiy, g’azalnavislik, adabiyot, she’riy janrlar, mumtoz she’riyat, qofiya. 
Ma’lumki, Muqimiy she’rlari ko’pincha siyohi qurimasdan turib qo’shiq qilib kuylangani 
sababli ko’proq xonandalar orqali yoyilgan. Juda ko’p taniqli san’atkorlar o’z hayotlarini 
Muqimiy ijodi bilan bog’laganlar. Shoir she’rlarida Mamajon makay, Nizomxon, Farzincha 
(Farzinxon), Ismoil naychi ismlari muvashshah sifatida keltirilgani kuzatiladi. Ularga 
bag’ishlangan baytlar, she’rlar ham bor. Bular o’sha davrdagi mashhur san’atkorlarning 
ismlari, laqablari. Muqimiyning ular bilan bunday yaqin aloqasi bejiz emas. Shoir g’azallari, 
musiqiy, ohangdor edi, xaridori ko’p edi. Bu hol ismlari muvashshah qilingan san’atkorlar va 
boshqa soha kishilarining Muqimiy va uning ijodiy davrasi uchun yaqin shaxslar bo’lgani 
haqidagi xulosaga olib keladi va shoir biografiyasi hamda adabiy davrasi haqidagi mavjud 
tasavvurlarni boyitishga xizmat qiladi 
Muqimiy ijodida uchraydigan g’azal turlaridan yana biri- g’azali musajja’ . Musajja’ saj’li, 
qofiyali degan ma’noni anglatib, mumtoz adabiyotdagi qofiya bilan bog’liq badiiy san’at. 
G’azali musajja’ baytlari ichki qofiyali g’azal bo’lib, unda baytlardagi misralar to’rt bo’lakka 
teng bo’linib, oldingi uch bo’lak mustaqil holda qofiyalanadi, to’rtinchi bo’lak esa she’rdagi 
asosiy qofiyaga ohangdosh so’z bilan tugallanadi. Muqimiy g’azaliyotida bu shaklda yozilgan 
ikki g’azal mavjud bo’lib, ularning mat’lalari musajja’ emas, oddiy usulda bitilgan. Bobur 
o’zining “Muxtasar” asarida “musajja’ g’azallarning matla’idan saj’ kamroq rioyat qilibturlar. 
Agar rioyat qilinsa yaxshiroq bo’lgusidir”, - deydi. Muqimiyning quyidagi g’azali musajja’ 
usulida bitilgan va Bobur aytganidek, matla’da saj’ rioya qilinmagan: 
Kulbam aro qo’ydi bu dam, yuz shukr ul barno qadam, 
Miskinlarim aylab karam, qildi gulistoni eram.
Jallod ko’zlar qop-qora, mujgonlaridur surma-so, 
Qayrilma qoshlar, guyiyo, hunrez shamshiri dudam. 
Jono dedikim, sodda ro’, ko’pdur go’zallar tundi xo’, 
Suhbatda shirin guftu-go’, olifta sandek sho’xi kam. 
Aydi kulub, ey notavon, hajrimda ranging za’faron, 
Javru jafa qildim yomon, ma’zur tut chekding sitam.
Aydimki: qullikka bitib, kelgan zamon tashrif etib





Yüklə 474,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin