«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya Ey sho’x ushlashib qo’l, kelsangchi toki bir yo’l,
O’ynaylik, kulaylik, omon bo’laylik.
Aylab g’amingda giryon, tutting demayki, ey jon,
O’ynaylik, kulaylik, omon bo’laylik.
Yig’lar Muqimiy tokay, topmast murodi naylay,
O’ynaylik, kulaylik, omon bo’laylik.
Ushbu g’azaldagi takror o’quvchiga zarracha malol kelmaydi. Aksincha, she’rning
musiqiyligini oshirib, misralar jozibasining o’quvchi qalbiga oqib kirishini ta’minlaydi. Bu hol,
o’z navbatida, Muqimiyning nechog’liq mahoratli shoir bo’lganini ko’rsatadi. Muqimiy
g’azallari ichida “Navbahor” she’ri alohida o’rin tutadi. Ma’lumki, navbahor- yangi bahor
ma’nosini ifodalaydi. U qish faslidan keyin tabiatning uyg’onishi, borliqning yashil libosga
burkanishi pallasidir. Navbahor- mavjudodning gullab- yashnashi faslidir. Qorlar erib, quyosh
nurlaridan isigan yerning tafti ko’kka o’rlashi, qushlarning tinimsiz chug’uri,
qaldirg’ochlarning tikka ko’tarilishi- shoir tabiatning bu go’zalligidan cheksiz bahra oladi.
Tiriklik insonga Yaratganning naqadar ulug’ ne’mati ekanini yorqin his etadi. Uning qalbida
hayotsevarlik tuyg’usi jo’sh uradi:
Navbahor! Ochildi gullar, sabza bo’ldi bog’lar!
Suhbat aylaylik, kelinglar, jo’ralar, o’rtog’lar!
Xush bu mahfilda tiriklik ulfatu ahbob ila,
O’ynashib, gohi tabiatni qilaylik chog’lar!...
G’azalda shoir tabiatning ana shunday go’zal lavhalarini bamisoli musavvirday jonli, ta’sirchan
tasvirlar ekan, birdaniga jamiyat tasviriga o’tadi.
Adolatsizlik, haqsizlik, “ahli tamiz xor” ekani haqidagi fikrlar she’r mazmunida birdaniga
burilish yasaydi:
Hayfkim, ahli tamiz ushbu mahalda xor ekan,
Oldilar har yerda bulbul oshyonin zog’lar.
“Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti” darsligida ushbu g’azal tahlili natijasida shunday
xulosa chiqarilgan: “lekin, afsuski, zamona-yomonniki. Aqlli, dono kishilar (ahli tamiz) oyoq
ostida, bulbul o’rnini qarg’alar (zog’lar) olgan. Shoir kutilmaganda mana shu jamiyat hayotiga
buradi va unga o’z munosabatini bildiradi. Agar zamona adolatli bo’lsa, har kim o’ziga
munosib joyda bo’lmog’i lozim edi. Holbuki unday emas. Shoirning e’tirozi shunda”.
Bu g’azal Muqimiy lirikasida tabiat tasviri va ijtimoiy mavzu o’zaro uyg’unlikda
tasvirlanganini ko’rsatadi. Shoirning zamonasidagi ijtimoiy-siyosiy voqyelikka faol munosabat
bildirganidan, badiiy shaklga, ya’ni mumtoz g’azal janriga yangicha mazmun olib kirganidan
dalolat beradi. Umuman, Muqimiy g’azalnavislik borasida salohiyatli ijodkor sifatida namoyon
bo’ladi. Uning g’azallari adabiyotimiz tarixida alohida o’rin tutadigan ijod namunalaridir.