«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya muqiMİy she’rlaridagi musiQİy joziba hamda ohangdorlik to’g’izova Malika Soxib qizi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: Nazariya va



Yüklə 474,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix10.03.2023
ölçüsü474,78 Kb.
#87228
1   2   3   4
«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: Nazariya va 
amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
Qoldi ko’ngullardin ketib, har qanchakim ranju alam.
Gul-gul yonib, ruxsor ochib, guftoridin durlar sochib
Kelmas Muqim emdi qochib, ketti qilib chun vahshi ram. 
Ushbu g’azalda qo’llangan musajja’ usuli g’azal ohangdorligini g’oyatda kuchaytirib, unga 
ayricha joziba va latofat bag’ishlagan. Chuqur mazmun va go’zal badiiy shakl uyg’unligini 
ta’minlashga xizmat qilgan.
“Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti” darsligi mualliflari fikricha: “Muqimiyning juda ko’p 
g’azallari uning tirikligidayoq qo’shiq qilib kuylangan… Bu she’rlarning mavzusi an’anaviy yor 
haqida. Uning husni, ya’ni qoshi, ko’zi, yuzi, sochi, qaddi-qomati ta’rifiga bag’ishlangan”. 
Muqimiyning ko’proq aynan shu mavzudagi g’azallari qo’shiq qilib kuylangani ma’lum.
Shoirning ana shunday qo’shiqqa aylangan she’rlarining aksariyati musajja’ g’azallar bo’lgan. 
U musajja’ g’azallar yozishda kata mahorat egasi bo’lgan. Bu borada u mumtoz she’riy 
an’analarni munosib davom ettirgan, takomillashtirgan. Muqimiy g’azallarida badiiy 
san’atlardan mahorart bilan foydalanadi. Takrir- mazmunni kuchaytirish, ta’kidlash 
maqsadlariga xizmat qiladigan, badiiy so’zning ta’sir kuchini oshiradigan badiiy san’at turi. 
Muqimiy devonida boshdan – oxir ushbu san’at asosiga qurilgan g’azallar ham uchraydi. 
Takrir san’ati, birinchidan, shoir urg’u bermoqchi bo’lgan fikrni ta’kidlab ko’rsatishga xizmat 
qilsa, ikkinchidan, o’quvchining diqqat-e’tiborini muallif ko’zda tutgan asosiy mazmunga 
qaratishda alohida ahamiyatga ega. Uchinchidan, bu san’at g’azalda o’ziga xos ohangdorlikni 
ta’minlaydi: 
Ey yaxshilar, kelayluk bir joyga yig’ilaylik, 
O’ynaylik, kulaylik, omon bo’laylik. 
Bu umr ekan baqosiz, dunyoyi dun vafosiz, 
O’ynaylik kulaylik, omon bo’laylik. 
Xush kechgan dam g’animat, ko’p chekma ranji zaxmat
O’ynaylik, kulaylik, omon bo’laylik. 
G’amdin qurib majolim, yo’q emdi zarra holim, 
O’ynaylik, kulaylik, omon bo’laylik. 
Xalloq bandaparvar, qo’y qilma vahmi mahshar, 
O’ynaylik, kulaylik, omon bo’laylik. 
Jo’sh ursa bahri rahmat, jurming tamomi tuhmat, 
O’ynaylik, kulaylik, omon bo’laylik. 
Gulbog’larda xurram, borib tur emdi biz ham 
O’ynaylik, kulaylik, omon bo’laylik. 
Ol pardani yuzingdin, yur o’rgulay ko’zingdin, 
O’ynaylik, kulaylik, omon bo’laylik. 





Yüklə 474,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin