T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 oliygohining Kuala Lumpur b
o‘limini bitirdi. Oliy taʼlimdan keyin otasi bilan
maslahatlashdi. Shu kemani sotib oldi. U hozir jurnalistlarning s
o‘zlarini
diqqat qilib tinglagach, jilmaygancha dedi:
– Marhamat. Musulmonlar ila suhbatlashing. Sizlarga biror narsani
uqtirmayman. Ishingizni yakunlagach, fikrlaringiz, xulosalaringiz bilan
b
o‘lisharsizlar, inshaАlloh.
Masʼud Hasan Аnna uchun yana bir bo‘lmani berdi. Аnna muslimalar
bilan alohida suhbatlashadigan b
o‘ldi. Bu joyga bir necha stullar qo‘yildi.
Tasvirga olish va ovoz yozish uchun t
o‘la sharoit hozirlandi.
– Saudiya sohillariga yetib olgunimizcha yigirma kun suzamiz , – dedi
Аnna o‘ziga o‘zi gapirgandek. – Bu vaqtda ko‘p ishga ulgurish mumkin.
– Sizlar musulmon o‘lkalarida yashab ko‘rishingiz kerak, – dedi
Masʼud Hasan. – Bu suhbatlardan ham haqiqatlarni bilib olasiz, inshaАlloh,
biroq islomiy turmush chiroyini uning ichidan ham his qilish lozim.
– Loyihamizning ikkinchi qismida bu nazarda tutilgan, janob Masʼud,
– dedi Jozef. –Kemangizdagi musulmonlarning suhbati hozircha biz uchun
kifoya.
... Tushdan keyin Jozefning studiyasiga ellikdan oshiq k
o‘ngillilar
yi
g‘ilishdi. Ularning har biri o‘z hikoyasiga ega edi.
– Hurmatli musulmon do‘stlarim! – dedi Jozef. – Taklifimizni yerda
qoldirmaganingiz uchun rahmat. Sizlarga tarqatgan eʼlonnomamizda
aytganimizdek, biz Islom jozibasini
o‘rganamiz. Odamlar nima uchun Islom
y
o‘lida jonlarini ham berishdan qaytmaydilar? Islomning jozibasi nimada va
nima uchun dunyoning eng zamonaviy odamlari Islomga qiziqadilar? Yana
bir savolimiz bor. Bu oshkora aytilmaydi. Lekin men aytaman. Islom yangi
–
yangi odamlarni
o‘ziga jalb etsa -da, musulmonlarni ham yo‘qotadi va
Islomga ashaddiy qarshi kishilar bor. Men ularni qudratli hukumat vakillari
orasida ham k
o‘rdim. Ular Islomdan hayiqadilar yo nafratlanadilar. Nima
uchun? Buning javobini ularning
o‘zlari ham bilmaydilar. Аytayotgan