T.me/akrommalik www.facebook.com/akrom.malik2020 IKKINChI BOB
...
– O‘z nafsini yaxshi bilgan musulmon Islom haqida gapirishdan
hayo qiladi,
– dedi Аllohga hamd, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga
salovat aytib, salom berganidan keyin Jozefning birinchi suhbatdoshi.
–
Kimdan uyaladi, deysizmi?
Аllohdan uyaladi! Zotan, Islom olamlar Robbisi
Аllohning insoniyatga tushirgan Dasturidir. Bu Dasturni musulmonlar
amalga joriy etamiz, shu asosda yashaymiz, deb qabul qildilar. Biroq bu
vaʼda ustida tura olmagach, inson Islom haqida so‘zlashga ham hayo qiladi.
Shunday:
o‘zini tanigan mo‘min Islom haqida, Аllohning dini haqida
iztirobsiz, azobsiz gapira olmaydi. Bu
Аlloh oldidagi javobgarlik, masʼuliyat
hissidir. Jozef bu j
o‘shqin muqaddima qarshisida taʼsirlanganini sezdi.
Kishiga
g‘amgin boqadigan, yuzlari dumaloqqa moyil, qizg‘ishtob soqoli
qalin, k
o‘zlari katta –katta bo‘lsa -da qiyiq, yoshi elliklarga yaqin,
o‘rtabo‘ydan balandroq bu odam hammani bir nafasda jalb etdi. Ilmli
ekanligidan uning qiyofasining
o‘zi ham xabar berar edi.
– Ismim Аbdulloh Yorqin, uyg‘urman, kasbim kompyuter dasturchisi.
Kiberjinoyatga qarshi kurashaman. Mening hikoyam juda olisdan
boshlanadi. Uy
g‘uristonning qadim shahrida tug‘ildim. Bu shaharni Xo‘tan,
deb ataydilar. Muazzam turkiylarning ming yillik ertak, afsona va dostonlari
bor. Baxshilar ularni kuylab tugata olmaslar. D
o‘mbiralarimiz sayrasa butun
olam sukut ila tinglaydi. Ular ertak emas, afsona emas, doston emas,
yuragi qon, yuzlari
o‘z qonidan alvon xalqimning faryodi, ohu dodi, orzu –
armoni, niyatu shonidir. Bu qadim ohanglarda yangraydigan Kosh
g‘ar,
Boloso
g‘un, Yorkent kabilar afsunli qalʼalar qatori Xo‘tan ham madh etilgan.
Bizdan
g‘arbda yashaydigan qondoshlarimiz quyosh Xo‘tandan porlaydi,
deb yozishgan. Ona tupro
g‘imni qaysi so‘z bilan taʼriflashni bilmayman.
Garchi men bu
o‘lkani to‘rt yoshimda tark etsam -da, Xo‘tan bog‘larining
tong nasimlari keltirgan iforlari yodimda. X
o‘tanning osmoni yorug‘.