www.ziyouz.com kutubxonasi
51
dedilar (Imom Termiziy rivoyati).
Alloh taolo aytadi:
«(Haqiqatan) inson shoshqaloq holda yaralgandir» (Anbiyo surasi, 37-oyat).
Yana aytadi:
«Inson (Alloh taolodan) yaxshilik so‘rab duoi xayr qilgani kabi (goho siqilgan paytlarida) yomonlik tilab duoibad ham qilur. Inson (mana shunday) shoshqaloqdir» (Al-Isro surasi, 11-oyat).
Yana Alloh taolo Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga aytdi:
«(Ey Muhammad alayhissalom), sizga (Qur’on) vahiysi bitishidan ilgari qiroat qilishga shoshmang (balki farishta Jabroil Alloh tomonidan keltirgan oyatni to‘la o‘qib bo‘lganidan keyingina qiroat qiling)» (Toha surasi, 114-oyat).
Chunki ishlarni avval yaxshilab ko‘rib-bilgandan keyin qilinmog‘i lozim bo‘ladi. Uni
yaxshilab ko‘rib-bilish esa taammul va xotirjamlik bilandir. Shoshqaloqlik taammuldan
to‘sadi. Yana shoshilingan vaqtda shayton insonga bilmagan tomonidan yomonligini
ko‘paytirib yuboradi.
Batahqiq, Maryamning o‘g‘illari Iso alayhissalom tug‘ilganlarida shaytonlar boshliqlari
Iblisning oldiga borib: «Butlarning oyoqlari osmondan bo‘lib qoldi», deyishdi. Shunda
Iblis: «Bu ish yangilik, shu yerda turinglar», dedi-da, uchib ketdi. U yer yuzining ikki
chekkasigacha ham aylanib chiqdi. Hech narsa topa olmadi. So‘ngra Iso
alayhissalomning tug‘ilib bo‘lganlarini ko‘rdi. U kishini farishtalar o‘rab olishgan edi. Iblis
shaytonlarning oldiga qaytib kelib aytdi: «Bu kecha bir payg‘ambar dunyoga keldi,
chunki biron ayol homilador bo‘lib, keyin tug‘adigan bo‘lsa, albatta uning oldida bo‘lar
edim. Ammo bu tug‘ilgan bolada bunday bo‘lmadi. Bu kechadan keyin butlarga ibodat
qilinishidan umidlaringizni uzinglar, lekin odam farzandlarining oldiga shoshqaloqlik va
yengiltaklik tomonlaridan boringlar».
Shaytonning katta eshiklaridan yana biri dirham va dinorlar, turli matolar, ulovlar,
yerlardan iborat mollardir, chunki oziqlanish va hojatdan ortiqcha har bir narsa
shaytonning qarorgohidir. Insonda yegulikka yetarli narsa bo‘lsa, uning qalbi (har xil
tashvishlardan) xoli bo‘ladi. Bir kishi yo‘ldan, masalan, yuz dinor topib olsa, qalbida o‘n
xil shahvat paydo bo‘ladi. Ana shu shahvatlarning har biri yana yuz dinorga muhtoj
bo‘ladi.
Topilgan yuz dinor unga kifoya qilmaydi, balki yana to‘qqiz yuz dinorga muhtoj bo‘ladi.
Ana shu yuz dinor topilmasdan oldin u behojat bir kishi edi. Endi yuz dinor topilgani
uchun o‘zini boy kishiga aylangan deb o‘ylaydi. Batahqiq, endi uy sotib olib, uni obod
qilish uchun, bir cho‘ri, uy jihozlari, yana po‘rim kiyimlar sotib olish uchun kerak
bo‘ladigan to‘qqiz yuz dinorga ham muhtoj kishiga aylanib qoladi. Bu narsalarning har
biri o‘ziga munosib boshqa narsalarni chaqiraveradi. Bu narsalarning oxiri yo‘q. Natijada
oxiri jahannamning tubi bo‘lgan chuqurga tushib ketadi. Endi undan boshqa yo‘l yo‘q.
Sobit ul-Banoniy aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam payg‘ambar qilib
yuborilgan vaqtlarda Iblis o‘z shaytonlariga: «Bir hodisa sodir bo‘ldi, borib nima
bo‘lganini bilib kelinglar», dedi (Ibn Abud-Dunyo rivoyati). Ular jo‘nashdi. Va nima
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy