Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc



Yüklə 458,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/128
tarix15.11.2022
ölçüsü458,82 Kb.
#69169
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   128
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
52
bo‘lganini bilishdan ojiz holda qaytib kelishdi. Iblisga bilolmadik, deyishdi. Iblis: «Men 
o‘zim xabarini bilib kelaman», dedi va jo‘nadi. So‘ngra kelib: «Batahqiq, Alloh taolo 
Muhammad sollallohu alayhi vasallamni payg‘ambar qilib yuboribdi», dedi va 
shaytonlarni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sahobalariga yubora boshladi. Ular 
noumid qaytib kelishar va: «Bularga o‘xshagan qavm bilan hech birga bo‘lmaganmiz. 
Ularga endi yetganimizda namozlariga turib ketishadi. Ulardan (biz yetkazgan 
vasvasalar) o‘chirib yuboriladi», deyishardi. Ularga Iblis: «Hali shoshilmanglar, balki 
Alloh taolo ularga dunyoni ochib berishi mumkin, ana shunda maqsadimizga yetamiz», 
dedi». 
Rivoyat qilinishicha, Iso alayhissalom bir kuni bir toshni yostiq qilib yotdilar. U kishining 
oldilaridan Iblis o‘tib: «Ey Iso, dunyoga rag‘bat qilib qoldingizmi?» dedi. Iso 
alayhissalom boshlari ostidan toshni otib yubordilar va: «Bu ham senga dunyo 
qatorida», dedilar. Haqiqatan ham uxlaydigan vaqtda yostiq qilish uchun bir toshga ega 
bo‘lgan kishi dunyodan shayton unga qurol qilishi mumkin bo‘lgan narsaga ega bo‘libdi. 
Masalan, kechasi namoz o‘qish uchun qoyim bo‘lgan kishining yaqinida yostiq qilishga 
bir tosh bo‘lsa, ana shu tosh doim uni uyquga va boshiga yostiq qilishga chaqirib turadi. 
Agar tosh bo‘lmasa, narsa ko‘ngliga kelmaydi va unda uyquga rag‘bat qo‘zg‘olmaydi. Bu 
gap tosh to‘g‘risida bo‘lyapti, ammo yumshoq yostiqlar, muloyim ko‘rpachalar, yaxshi, 
toza narsalarga ega kishi bilan shayton qanday munosabatda bo‘ladi!? U Alloh ibodati 
uchun qachon g‘ayrat qiladi? 
Shaytonning yana katta eshiklaridan biri baxillik va kambag‘allikdan qo‘rqishdir. Mana 
shu narsa insonni infoq-ehson qilish va sadaqa berishdan to‘xtatib qo‘yadi. Uni (mol-
dunyo) to‘plashga va alamli azobga chaqiradi. Bu Qur’oni karimda aytilganidek, mol 
jamlashda bir-biri bilan musobaqalashayotgan kishilarga va’da qilingan azobdir. 
Xaysama ibn Abdurahmon aytdilar: «Shayton: «Odam farzandi mendan biror marta 
ustun kelolmadi. Bas, mendan uch o‘rinda hargiz ustun kelolmaydi: unga molni nohaq 
olishni, haqqidan boshqa joylarga sarflashni va haq bo‘lgan joylariga bermaslikni 
buyurmog‘imda», deb aytdi». Sufyon Savriy aytdilar: «Shaytonga kambag‘allikdan 
qo‘rqitishga ko‘ra zo‘r qurol yo‘q. Agar inson shaytonning mana shu qo‘rqitishini qabul 
qilsa, molni botil yo‘llardan topadi, haq joylarga sarflamaydi, havoyi nafsi buyurgan 
narsani gapiradi, o‘z Robbiga yomon gumon qiladi». 
Baxillikning sifatlaridan biri mol jamlash uchun bozorlarni kezishga o‘ch bo‘lishdir. 
Bozorlar esa shaytonlarning to‘planadigan joylaridir. Abu Amomaning rivoyat 
qilishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: «Iblis yerga 
tushgan vaqtda «Ey Robbim, meni yerga tushirding va dargohingdan quvding, endi 
menga bir uy qilib ber», dedi. Alloh taolo unga: «Hammom», dedi. «Menga majlislar joyi 
qilib ber», dedi. Alloh taolo: «Bozorlar va yo‘llarda (odamlar) to‘planadigan joylar», dedi. 
«Menga taom qilib ber», dedi. Alloh taolo: «Sening taoming Alloh ismi zikr qilinmagan 
narsalar», dedi. «Menga ichimlik qilib ber», dedi. Alloh taolo: «Har bir mast qiluvchi 
narsa», dedi. «Menga muazzin qilib ber», dedi. Alloh taolo: «Ashulalar», dedi. «Menga 
Qur’on (ya’ni, o‘qigani kitob) qilib ber», dedi. Alloh taolo: «She’r», dedi. «Menga yozuv 
qilib ber», dedi. Alloh taolo: «(Badanga) naqsh (tatuirovka) qilish», dedi. «Menga gap 
qilib ber», dedi. Alloh taolo: «Yolg‘on», dedi. «Menga tuzoqlar qilib ber», dedi. Alloh 
taolo: «Ayollar», dedi» (Tabaroniy rivoyati, sanadi juda zaif). 
Yana uning katta eshiklaridan biri yo‘llarni va xohishlarni mutaassiblik bilan mahkam 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 458,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin