Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/99
tarix09.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#153451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

 
 
 
 
 


Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
6
I bob 
Tavbaning mohiyati haqida 
Tavba nima? 
Bilgilki, tavba uch bosqichdan iborat. Birinchi bosqich - 
ilm, 
ikkinchi bosqich - 
hol 
va uchinchisi - 
fe’l. 
Bu bosqichlarning har biri o‘zidan keyingi bosqich uchun zaruratdir. Chunki Allohning mulk va 
malakutga joriy etgan qonunidagi uzluksizlik shuni taqozo qiladi. 
Ilm — gunohlar tufayli sodir bo‘lib, banda bilan uning suyukli narsalari orasini to‘sadigan ulkan 
zararni aiglash.
 
Bu ulkan zararni to‘la anglagan kishi qalbiga g‘olib bo‘ladi. Bu anglash suyukli 
narsasini boy bergan qalbda alam-og‘riq paydo qiladi. Qalbda yo‘qotish hissi ortgani sayin alamning 
shiddati ham kuchayadi. Mahbubini o‘zining bir yomon fe’li sabab boy bergani uchun qalb afsus 
chekadi. Qalbning bu og‘rig‘i — nadomat deyiladi. Og‘riq ichkarini butunlay egallab olganidan so‘ng 
qalbda iroda esa qasd deb atalgan o‘zgacha bir holat namoyoya bo‘ladi (qasd - gunohni tark etishni 
maqsad qilish, shu maqsad tomon qadam tashlash). 
Tavbaning bugun, kelajak, o‘tmishg‘a bog‘liq jihatlari bor: mahbubdan to‘suvchi gunohlarni 
bugun
 
tark qilyapsan; mahbubdan ayiruvchi gunohga kelgusida
 
minba’d qaytmaslikka azm etding; 
shu azm o‘tmishdagi xatoning o‘nglanishiga umid uyg‘otadi. Bu yaxshiliklarning avvali ilmdir. Ilm 
deyilganda iymon va yaqin (shak-shubhasiz, aniq va haqiqiy bilish) nazarda tutilyapti. Gunohlarning 
do‘zaxdan tinimsiz esib turadigan, badanlarni ilma-teshik qilib yuboradigan samum shamoli yanglig‘ 
halokatli ekanini tasdiqlash iymondir. Bu tasdiqni ta’kidlab, shubhalardan butkul xalos bo‘lish va 
tasdiqning qalbni to‘la egallashi esa yaqindir. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin