Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com
кутубхонаси
37
tiyilmaslik, gunoh qilishda davom etish
shunday sabablar jumlasidandir. Chuponchi, aytildi:
“Gunoh kichik bo‘lsa ham, undan qaytilmas ekan, endi bu gunoh kichik deyilmaydi. Gunoh bo‘lsa
ham, istig‘for
bor ekan, u gunoh katta hmsoblanmaydi”.
Kichik gunohni doimiy qilib yurgan kishidan ko‘ra, bitta katta gunohni sodir etib, darhol undan
qaytgan va qayta takrorlamagan kishining afv etilishi umidliroqdir.
Buning misoli shuki, suv tomchilari
davomli ravishda bitta toshning ustiga tomchilab tursa, toshda iz qoldiradi. Agar o‘shancha
miqdordagi suvni birdaniga toshning
ustiga quyilsa, toshda iz qolmaydi. Shuning uchun Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam:
"Amallarning yaxshisi, garchi oz bo‘lsa ham, davomlisidir", deganlar (Buxoriy, Muslim rivoyati).
Narsalar o‘z ziddi bilan yuzaga chiqadi. Garchi oz bo‘lsa ham, davomli bo‘ladigan amal
foydalidir. Ko‘p bo‘lib, to‘xtab qoladigan
amalning qalbni nurlantirib, poklashdagi manfaati kamdir.
Shuningdek, kichik gunoh agar davomli sodir etilsa, qalbning qorayishini kuchaytiradi. Davomli kichik
gunohlarsiz to‘satdan katta gunoh qilish kam uchraydigan hodisa. Masalan,
zinokor avvalo, ayolning
ko‘ngliga qo‘l soladi, uni shahvoniy suhbatlarga chorlaydi, tegajoqlik qiladi...
Keyin ish zinoga borib
taqaladi. Aksincha bo‘lishi kam uchraydi. Yoki ko‘ngilda dushmanlik va nafrat saqlamasdan turib,
daf’atan birovni o‘ldirish ham deyarli uchramaydi. Bilgilki, har qanday
katta gunoh oldinroq yo
keyinroq sodir bo‘lgan kichik gunohlar bilan qurshalgandir. Umr bo‘yi davom etgan kichik gunohdan
ko‘ra, qayta takrorlanmagan katta gunohning kechirilishi osonroq kechsa, ne ajab!
Dostları ilə paylaş: