ُﻩَﺮَﻳ اًﺮْﻴَﺧ ٍةﱠرَذ َلﺎَﻘْﺜِﻣ ْﻞَﻤْﻌَﻳ ْﻦَﻤَﻓ ) ٧ ( "Bas, kim (hayoti dunyodalik paytida)
zarra misqolchalik yaxshilik qilsa, (Kiyomat kunida)
o‘shani ko‘rur!" {Zalzala surasi, 7).
Darhaqiqat, zarra misqolicha bo‘lsa ham, yaxshilikdan iz qoladi, xuddi pallaga tushgan bir dona
arpa ham tarozuga ta’sir qilgani kabi. Agar tarozudagi birinchi arpa tosh bosmaganida edi, xuddi shu
hajmdagi ikkinchi arpa ham tarozuga ta’sir qilmagan bo‘lardi va pallaga qanchalik ko‘p arpa
yuklanmasin, o‘lchov o‘zgarmay, bir xilda turaverardi. Lekin bunday bo‘lishi muhol. Bil’aks, zarracha
yaxshilik bilan tarozuning savoblar pallasi og‘ir bosadi, yomonliklar qo‘yilgan pallasi yengil kelib,
ko‘tariladi.
Shunday ekan, ibodat zarra miqdor bo‘lsa ham, uni kichik sanama! Shuningdek, gunohning
zarralari gunoh emas, deya qaytadan gunohga botma! Nodon bir xotmn ip yigirishga erinib, shunday
so‘zlar bilan o‘zini oqlagan ekan: "Bir soatda atigi bitta ip yigirdim. Bu ip nima bo‘lardi, yarimta
ko‘ylakka ham yetmaydi?"
E voh! Bu xotin shu darajada nodonki, dunyo kiyimlari bitta-bitta ipdan jamlanib to‘qilishini, olam
jismlari qanchalik ulkan bo‘lmasin. Zarra-zarradan yig‘ilishini anglamaydi...
Demak, qalbdagi tazarru va istigfor aslo zoe’ bo‘lmaydigan mulk, Alloh huzuridagi yaxshilikdir.
Qalbdagi bu mulkni, bu ilohiy ne’matni til zohir qilsa, ne baxt! Ammo, yuqorida aytilganidek, qalb
tazarru va istig‘fordan g‘ofil qolib, yolvorish va istig‘for faqat tilda bo‘lsa, bu ishdan natija kam, albatta.
Lekin, bizningcha, ayrim hollarda til istig‘fori ham savobdan holi emas. Deylik, bir musulmonni g‘iybat
qilib yoki o‘zaro behuda gap sotib o‘tirgandan ko‘ra, tilning istig‘for bilan mashg‘ul bo‘lishi a’loroq
emasmi? Mayli, o‘sha payt qalb g‘aflatda bo‘lsin, lekin til g‘iybatda emas, istig‘forda-ku! Hatto
istig‘forsiz sukutdan qalbning ishtirokisiz, faqat til bilan bo‘lsa ham, istig‘for aytmoq afzaldir.
Shayx Abu Usmon Mag‘ribiydan shogirdi so‘radi: "Nega ba’zan qalbim g‘ofil bo‘la turib, tilim zikr
va Qur’onga shoshadi?" Shunda shayx muridiga: "Allohga shukr et, a’zolaringdan birini — tilingni
yaxshilikka buribdi, tilingni behuda so‘zlardan tiyib, zikrni uning odati qilibdi", degan ekan.
Darhaqiqat, a’zolar savob ishlarga odatlansa, bu odat uning tabiatiga singib, shu tabiat bilan
jumla gunohlarni daf qilish mumkin bo‘ladi. Tili istig‘forga o‘rgangan odam, yolg‘onni eshitgan zahoti:
"Astag‘firulloh", deydi. Ortiqcha so‘zlashga odatlangan kishi esa xuddi shunday vaziyatda: "Odam
ham shunchalik ahmoq bo‘ladimi, g‘irt yolg‘on gapiryapsan-ku!" deb boshlaydi so‘zini. Kimning tili
Ollohdan panoh so‘rashga odatlangan bo‘lsa, yomonlik sabablari ko‘rina boshlashi bilan: "Na’uzu
billah" (Allohdan panoh tilayman), deydi. Behuda, ortiqcha so‘zlarga o‘rgangan til esa: "Unga
Allohning la’nati bo‘lsin", deb ikki so‘zining bittasida gunohga botadi.