"Barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, ey mo‘minlar! Shoyadki najot topsanglar" (Nur surasi, 31) Bu xitob umumiydir. Aslida basirat nuri ham insonnk shu yo‘l sari boshlaydi. Zero, tavbaning
ma’nosi Allohdan uzoqlashtirib, shaytonga yaqinlashtiradigan yo‘ldan qaytmoq ekan, buni oqil
insongina tasavvur qiladi. Shahvat va g‘azab g‘arizasi (tabiat ehtiyoji), shuningdek, insonni
chalg‘ituvchi shaytoniy vositalardan bo‘lmish boshqa yaramas sifatlar shakllanmagunicha, aql
g‘arizasi kamol topmaydi. Shuning uchun aqlning dastlabki alomatlari yetti yoshdan so‘ng ko‘rinadi.
Balog‘at yoshida aqlning asosi tugal bo‘ladi, yosh qirqlarga borganida aql to‘lishib, komillik darajasiga
yetadi. Ayon bo‘lsinki, shahvatlar — shaytonning qo‘shinlari, aqllar — farishtalarning qo‘shinlaridir. Agar
ular o‘zaro duch kelib qolishsa, oralarida jang bo‘lishi muqarrar. Chunki ular tabiatan birbirlariga zid,
birbirlariga toqat qilolmaydi. Ularning olishuvi tun bilan kunning, nur bilan zulmatning olishuvi kabidir.
Biri g‘alaba qozonsa, boshqasi chekinishga majbur bo‘ladi.
Bilgilki, shahvatlar aql komil bo‘lishidan ilgari — bolalik va o‘smirlik yillarida kamolga yetib
ulguradi. Shaytonning qo‘shini peshqadamlik qilib, joyini avvalroq egallaydi. Qalbda u bilan oshnolik
va ulfatlik aloqalari tiklanadi. Shu tarzda shahvatlar o‘z ehtiyojlarini bemalol qondirib, qalbga hokim
bo‘la boshlaydi. Qaniydi, tezroq qutulish chorasi topilsa?..
Ana shunda Allohning hizbi va qo‘shini bo‘lgan, Allohning do‘stlarini dushmanlari changalidan
kutqaruvchi aql yorishib, ko‘zlarni ochadi. Toki aql quvvat olib, komil bo‘lmagunicha, qalb mamlakati
shaytonga taslim va uning uchun misoli hozirlab qo‘yilgan joydir:
ﺎًﻨﻴِﻃ َﺖْﻘَﻠَﺧ ْﻦَﻤِﻟ ُﺪُﺠْﺳَأَأ َلﺎَﻗ َﺲﻴِﻠْﺑِإ ﻻِإ اوُﺪَﺠَﺴَﻓ َمَدﻵ اوُﺪُﺠْﺳا ِﺔَﻜِﺋﻼَﻤْﻠِﻟ ﺎَﻨْﻠُﻗ ْذِإَو ) ٦١ (