Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/88
tarix11.12.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#73856
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   88
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

Ikkinchi daraja — jon, ya’ni inson hayotidir. Chunki tiriklik sifati bilan Allohni tanish hosil bo‘ladi. 
Jonga qasd qilish garchi kufrdan kichik gunoh bo‘lsa ham, shaksiz gunohi kabiradir. Negaki, bu bilan 
ayni maqsad va maqsad vasilasi barham topadi. Dunyo hayotidan ko‘zlangan maqsad oxiratdir. 
Oxiratga yetishish Allohni tanish orqaligina amalga oshadi. 


Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
24
A’zolarni kesish va umuman insonning halokatiga sabab bo‘luvchi har bir harakat, hatto 
kaltaklash ham jonga qasd qilishdan keyingi gunohi kabiradir. Zino va bachchavozlik ham shu 
ikkinchi martabadagi gunohi kabiradir. Agar odamlar mana shunday buzuq asosda yaqinlik qilsalar, 
nasl qirqiladi, vujud halokat sari yuzlanadi. Zino mavjudlikning asosini yo‘qotolmaydi, lekin nasablarni 
qorishtirib, vorislik nizomini, hayot intizomini izdan chiqaradi. Zinoga ijozat bo‘lsa, qanday qilib bu 
nizom buzilmasin!? 
Hayvonlarning erkagi va urg‘ochisi bir-biriga xoslanmagani uchun ularning bu ishida intizom 
bo‘lmaydi. Shuning uchun maqsadi isloh etish bo‘lgan hech bir shariatda zinoga ruxsat berilishini 
tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. 
 Uchinchi daraja — mol-mulklar. Ular xalqning tirikchilik vositasi bo‘lib, ularni har kim o‘zicha 
qanday xohlasa, shunday idora qilmog‘i (masalan, bosqinchilik, o‘g‘rilik va hokazo yo‘llar bilan ko‘lga 
kiritmog‘i) joiz emas. Balki, mollar jonlarning, ya’ni insonlarniig yashashi uchun asralmog‘i lozim. Agar 
mollar olib qo‘yilsa, ularni qaytarib olish imkoni bor. Ammo mollar keyin tuzatish qiyin bo‘lgan yo‘l 
bilan qo‘lga kiritilsa, gunohi kabira bo‘lib qoladi.
Tuzatish qiyin bo‘lgan yo‘llar to‘rttadir: 
1. Yashirii yo‘l bilan. 
Bu o‘g‘irlikdir. Ko‘pincha mol egasi o‘g‘irlikdan bexabar qoladi (Agar 
xabardor bo‘lsa, o‘g‘irlik ro‘y bermasdi). Ug‘ri noma’lum bo‘lganidan keyin molini kimdan talab qilsin. 
2. Yetimning molini yeyish. 
Bu ham yashirin yo‘l bilan amalga otadi. 
Yetimning yaqini, yetimning moliga mutasaddi kishi bu ishda sinaladi. Chunki, u yetimning moli 
ishonib topshirilgan kishidir. Unga yetimdan boshqa da’vogar yo‘q. Lekin yetim yesh bola, da’vo 
qilishni bilmaydi. Demak, yetimning molini yeyishni ulug‘ gunoh sanash bu o‘rinda vojibdir. 
Bosqinchilik esa buning xilofidir. Chunki, bosqinchilik yashirin emas, ochiq sodir etiladi. Shuningdek, 
omonatga xiyonat ham buning xilofi bo‘lib, omonat egasi o‘z molini da’vo qilishga haqlidir. 
3. Yolg’on guvohlik bilan o‘zgalarning moliga ega bo‘lish.
4. Soxta qasam bilan omonat yoki omonat bo‘lmagan molni olish.
Bularning barchasida mollar tuzatish imkonsiz bo‘lgan yo‘llar bilan qo‘lga kiritilgan. Ularni aslan 
harom qilishga shariatda har xillik bo‘lishi joiz emas. Garchi bu to‘rtta yo‘lning ba’zilariga shariat jazo 
tayinlamagan bo‘lsa ham, ular gunohi kabira sanalishga munosibdir. O’zgalarning moliga bu tariqa 
ega bo‘lishning oqibati xususida Alloh va Rasulining tahdid — va’idi ko‘p, bu yo‘llarning dunyo 
manfaatiga salbiy ta’siri katta. 
Ribo, 
ya’ni sudxo‘rlikka kelsak, bu yerda ikkm tomonning roziligi asosida shariat qo‘ygan shartni 
buzish bilan o‘zganing molini yeyish bor. Bu kabi ishlarda shariatda har xillik bo‘lishi mumkin. 
Birovning molini o‘sha odamning va shariatning rozilig‘isiz talash gunohi kabira qilinmadi. Ribo esa 
mol egasining roziligi bilan, ammo shariatning noroziligi bilan hosil bo‘ladi. 
Shariat zinoni ulug‘ gunohlardan sanab, undan qaytarar ekan, talash va boshqa yo‘llar bilan 
bo‘ladigan zulmni, xiyonatni ham ulug‘ gunoh deb bildi. Ammo, xiyonat yo talash yo‘li bilan mayda 
pulchaqalarni o‘zlashtirishni ham gunohi kabiralar jumlasiga qo‘shish shubhali masaladir. Bu hukm 
gumonga asoslangan. Gumonning og‘irroq pallasida "bunday ishlar gunohi kabira doirasiga kirmaydi" 
degan qarash tosh bosyapti. Gunohi kabira shariat ixtilof qilmaydigan jihat bilan xoslanmog‘i lozim. 
Chunki bu dinda juda muhim masala. Demak, bu aytilganlardan so‘ng, Abu Tolib Makkiy sanagan 
gunohi kabiralardan quyidagilar qoladi: badnom qilish; mast qiluvchi ichkilik ichish; sehr; jang 
maydonidan qochish; ota-onaga oq bo‘lish. 
Mast qiluvchi ichkilik ichishning 
gunohi kabira qatorida sanalishiga kelsak, ichkilik aqlni 
ketkazadi, demak, uni gunohi kabira deyish to‘g‘ri. Shariatning bu xususidagi qattiq tahdidlari va 
sog‘lom nazar yo‘li shunga dalolat qiladi. Xuddi nafs kabi aql ham insonga bermlgan ne’matdir. Agar 
aql bo‘lmasa, quruq nafsdan nima foyda?! 
Kishi mast qiluvchi ichimlikdan bir tomchi tushgan suvni ichishi gunohi kabira emas, chunki u 
najasli suvni ichib qo‘ygan bo‘ladi. Qachonki shariat biror gunohga jazo belgilar ekan, bu holat 
gunohning moddiyligiga dalolat qiladi va u gunoh shariat bo‘yicha gunohi kabira sanaladi. Shariatning 
barcha sirlaridan voqif bo‘lishga insoniyatning quvvati yetmaydi. Shuning uchun qaysi ishning gunohi 
kabira ekani ijmo’ bilan sobit bo‘lgan bo‘lsa, bu hukmga ergashish vojib. Agar aksincha bo‘lsa (ya’ni 
xujjat sobit bo‘lmasa), bu o‘rinda tafakkur qilishga imkon bor. 


Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin