www.ziyouz.com кутубхонаси
26
kilish; kelishuvni buzish". "Sunnatni tark qilish qanday bo‘ladi?" deb so‘rashganida, "Sunnatni tark
qilish jamoatdan ajralishdir. Kelishuvni buzish esa, avval bir kishi bilan ahdlashib, keyin unga qarshi
qilich o‘qtalib chiqishdir", - dedilar".
Bunga o‘xshash lafzlarning sanog‘i yo‘q. Ularni bitta doirada jamlash mushkul. Demak, ular
doimo mubham bo‘lib qolaveradi.
Sen: "Gunohi kabiradan saqlangan kishininggina guvohligi qabul bo‘ladi. Guvohlikning qabul bo‘lishida kichik gunohlardan saqlanish shart qilinmagan va bu dunyo ishlariga bog’liq hukmlar-ku?!" deb aytishing mumkin. Bilgilki, biz shahodatning rad qilinishini gunohi kabiraga bog‘lamaymiz. Kuy-
musiqa asboblarini tinglaydigan, ipak matolarni kiyadigan, tilla uzuk taqadigan, oltin va kumush
idishlarda yeb-ichadigan kishining guvohligi qabul qilinmaydi. Holbuki, hech bir imom bu ishlarni
gunohi kabira deb hukm etmagan.
Shofe’iy rahmatullohi alayh deydilar: "Agar hanafiy mazhabidagi bir kishi nabiz (mast qiluvchi
ichimlik) ichsa, unga jazo tayin etaman. Lekin uning guvohligini qaytarmayman". Demak, Imom
Shofe’iyga ko‘ra, qaysi gunoh uchun jazo belgilansa, bu gunohi kabiradir. Lekin jazoning
belgilanishi guvohlikni rad etmaydi. Bu qarash yana shunga dalolat qiladiki, guvohlikning rad yoki
qabul bo‘lishi gunohning katta kichikligiga bog‘liq emas. Balki, barcha gunohlar adolat mezonining
buzilishiga olib keladi. G’iybat, josuslik. yomon gumon qilish, so‘zlarga yolg‘on qo‘shish, g‘iybatni
tinglash, amri ma’ruf va nahyi munkarni tark qilish, shubhali narsalarni yeyish, farzandlari va
xizmatkorlarini haqoratlamoq, tanbehda haddan oshib, g‘azabini bosolmasdan ularni kaltaklamoq.
zolim sultonlarga hurmat ko‘rsatish, fojirlar bilan do‘stlashmoq, yaqinlari va farzandiga diniy
ishlardan ta’lim berishda yalqovlik qilish kabilar bundan mustasno. Bular shunday gunohlarki,
guvohlik beruvchi kishi bu gunohlarnlng ozi yo ko‘pidan holi bo‘lishi tasavvurga sig‘maydi.