Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/88
tarix11.12.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#73856
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

www.ziyouz.com кутубхонаси 
5
ِﻢﻴِﺣﱠﺮﻟا ِﻦَﻤْﺣﱠﺮﻟا ِﻪﱠﻠﻟا ِﻢْﺴِﺑ
 
 
Bismillahir rohmanir rohiym. 
Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin. Har yaxshi kitob U zotga hamd bilan ochilar, har yaxshi 
xitob U zotning zikri bilan boshlanar, oxiratda saodat ahli U zotning hamdi bilan ne’matlanar, 
shaqovat ahli (badbaxtlar) esa U zotning rahmatiga ko‘z tikar. 
U zot saodat ahli bilan shaqovat ahlining orasini to‘sdi. Bu to‘siq — devorning eshigi bor. 
Eshikdan ichkariga kirsang, rahmat, tashqarida qolsang, azob bor. Olamlar parvardigori, Musabbibul 
asbob (sabablarni yaratuvchi zot) Allohga haqiqiy iymon keltirgan kishi yang-lig‘ tavba qilamiz. 
Rahmli, gunohlarni kechiruvchi, tav-balarni qabul etuvchi Allohni mutlaq podshoh deb tanigan kishi 
Undan qanday umidvor bo‘lsa, shunday umid qilamiz. Shubha va gumonlardan holi kishi yanglig‘ 
qo‘rqinch va umid ila nafas olamiz. 
Alloh gunohlarni kechiruvchi, tavbalarni qabul qiluvchidir, shu bilan birga, Uning azobi ham 
qattiqdir. 
Payg‘ambarimiz Muhammadga, u zotning ahli baytla-riga va sahobalariga salovot va salomlar 
bo‘lsin. Bu salovot qilgan amallarimiz o‘zimizga ko‘rsatiladigan Hisob kitob-kunining dahshatidan 
najot topishimizga sabab bo‘lsin. 
Ayblarni yopuvchi, g‘ayblarni biluvchi Zotga qaytish orqali gunohlardan tavba qilish - solihlar 
yo‘lining ibtidosi, haq yo‘lni iroda qilganlarning ilk qadamlari bo‘lib, bobomiz Odam alayhissalom bu 
yo‘lga dastlab qadam qo‘yganlardandir. Ota-bobolarga ergashish farzandlarga naqadar munosib ish! 
Demak, odamzot biror gunoh ish qilib qo‘ysa, buning ajablanadigan joyi yo‘q. Shu jihatdan kimki 
bobosiga o‘xshasa, bu hali zulm emas. Chunki, bobomiz singanni yamadi, buzilganni tuzatdi, achchiq 
pushaymon ta’mini totib, tavba sari yuzlandi. Shuning uchun kimki, tavbani tark qilib, "xato insonga 
azaliy meros" degan qarash bilangina gunohini oqlamoqchi bo‘lsa, albatta adashadi. 
O’zni butkul xayrga bag‘ishlash - muqarrab farishtalarga xos tabiat. O’nglanishni o‘ylamasdan, 
faqat yomonlikka berilish - shaytoniy fe’l. Yomonlikdan so‘ng yaxshilikka qaytish esa insoniy 
zaruratdir. Kim tavba qilsa, o‘zining "odam" degan sog‘lom o‘zlikka daxldorligini isbotlagan bo‘ladi. 
Kim doimo zulmu tug‘yonda bo‘lsa, o‘zini shaytonga topshirgan hisoblanadi. Nafsni butkul xayrga 
bag‘ishlab, farishta bo‘lish esa imkondan tashqari ishdir. 
Yomonlik — odamzot tiynatidagi (loyidagi) yaxshilik bilan juda puxta, maromiga yetkazib 
qorilgan ma’jun. Bu qorishiq ikki o‘tning birida ajraladi: yo dunyo hayotida nadomat o‘ti bilan, yoki 
jahannamda do‘zax o‘ti bilan. Inson bu hayotda nadomat o‘ti tufayli javharini yomonlikdan xalos 
etmas ekan, oxiratda uning chorasi jahannam olovidir. 
Hozir senda bu ikki o‘tdan yengilrog‘ini, tafti past-rog‘ini tanlash imkoniyati bor. Sen uchun 
to‘shalgan ixtiyor gilami hali yig‘ishtirilgani mo‘q. Hali sen jannatda bo‘lmasang-da, zo‘rlik bilan 
jahannamga ham haydalmading. To imkon bor ekan, nadomatga shoshil, do‘zaxdan saqlan... 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin