karramallohu vajhahu - Alloh uning yuzini muborak qilsin. Aliy roziyallohu anhuniig nomlari shu
duo bilan sifatlanadi. ma’rifat - Allohni tanimoq. «Tanimoq» fe’li «bilmoq» dan ko‘ra kengroq, «bilmoq» fe’li esa
«tanimoq» dan chuqurroqdir. Shuning uchun hech qachon «Ollohni bildim» deyilmaydi. ma’siyat - bu so‘zning o‘zak ma’nosi “itoatsizlik qilmoq”, “buyruqqa xilof ish tutmoq”. Agar bu
harakat nohaqlikka emas, haqqa nisbatan qaratilsa, «gunoh» deyiladi. «Ma’siyat» ayni shu
ma’nodadir. «Isyon» so‘zi ham «ma’siyat» bilan o‘zakdosh bo‘lib, aksar holda Haqqa itoatsizlikni
ifodalaydi. ma’sum - bu sifat payg‘ambarlarga xos bo‘lib, "gunohlardan" qo‘rilgan, himoya qilingan, Alloh
taoloning o‘zi gunohlardan saqlagan» degan ma’nodadir. majlis - o‘tiriladigan joy. Ko‘pincha bu so‘z ma’lum joyda yig‘ilgan toifaning suhbatiga ishoratan
«majlis qurdik», ya’ni «suhbatlashdik» ma’no sida ishlatiladi. malaul a’lo – farishtalar. maqomi mahmud - maqtalgan maqom. Bu haqda Isro surasining 79-oyatida aytiladi:
"Kechaning bir qismida uyg‘onib, o‘zingiz uchun nafl (ibodat) bo‘lgan namozni o‘qing! Shoyadki, Parvardigoringiz sizni(Qiyomat kunida) maqtovli(ya’ni gunohkor ummatlaringizni
shafoat qilib oqlaydigan) maqomda tiriltirur". Aksar ulamo “maqomi mahmud”ni shafoat maqomi
deb ta’vil qilishgan. munojot - Alloh bilan sirlashuv. muqarrabun - yaqin qilinguvchilar, ya’ni bu dunyoda doimo yaxshi amalga peshqadam bo‘lib,
jannatda Alloh taologa yaqin qilinguvchilar. muqoyasa - bir narsani boshqa narsaga solishtirish. musofot - o‘zaro mehr-muhabbat. mussabbibul asbob - sabablar Sababchisi, ya’ni sabablarni yaratuvchi Zot. Sabablar ko‘p,
olamdagi barcha narsalar sababdir. Sababchi esa yakkayu yolg‘iz Alloh taolodir.