muvolot - samimiy do‘stlik. nafs - jon, ruh (nafsning turlari haqida yuqorida aytildi). qasd - maqsad rahmat - rahm. Rahm — Alloh taoloning bandalarga ato etgan ne’mati, xayri. raziyAllohu anhu - «Alloh undan rozi bo‘lsin» degan ma’nodagi duo. Sahobalarga nisbatan
ishlatiladi. rutba - biron ishning amalga oshishi uchun lozim bo‘lgan asos sollAllohu alayhi va sallam - unga Allohning salavoti va salomi bo‘lsin. Payg‘ambarimiz
Muhammad alay hissalomning nomlari zikr qilinganida, salavot aytish Qur’on va hadis bilan sobit
bo‘ltan: «Albatta Alloh ham, uning farishtalari ham Payg‘ambarga duoyu salavotlar ayturlar: “Ey mo‘minlar, sizlar ham u zotga salavot va salom aytinglar” (Axzob surasi, 5-oyat). shahvat - kuchli istak, nafsoniy quvvat. «Ishtaha» ham shahvatga o‘zakdosh so‘z. Shahvat
dunyo hosilasi bo‘lgani uchun uni: «dunyoga ishtaha bilan tashlanish», deb ta’riflash to‘griroqdir. sidratul muntaho - jannat chetidagi nilufar. Bu haqda "Najm" surasining 13-15 oyatlarida
aytiladi: "Qasamki,(Muhammad alayhissalom Jabroil farishtani o‘zining asliy suratida) ikkinchi bor(jannat) chetidagi nilufar oldida ko‘rdi. Jannati ma’vo ham o‘sha (nilufar)ning oldidadir. O’shanda nilufrni o‘ragan narsa(ya’ni Alloh taoloning fayzi ilohiysi) o‘rab olgan edi". tahqiq - haqni yuzaga chiqarmoq, amalda isbotlamoq taraddud - ikkilanish, bir to‘xtamga kelolmaslik. to‘xtam - ikkilanish batamom to‘xtab, shak to‘la yo‘qolganidan keyin tutiladigan qat’iy qaror toat - Allohga itoat
Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com кутубхонаси
72