Microsoft Word ihyo tavba ziyouz com doc



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/88
tarix11.12.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#73856
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   88
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Tavba kitobi

www.ziyouz.com кутубхонаси 
8
- Ey Jibril, bu tavbadan so‘ng mening maqomim qaerda bo‘ladi? 
Alloh taolo unga vahiy qildi: 
- Ey Odam! Mashaqqat va azob-uqubatni zurriyotingga meros qildim, ularga tavbani meros 
qildim. Kimki Menga duo qilsa, xuddi senga javob berganimdek, uning duosiga ham javob beraman. 
Kimki Mendan mag‘firat tilasa, unga baxillik qilmayman. Ey Odam, Men duogo‘yga eng yaqin va 
duolarni ijobat qilguvchi zotdirman. Tavba qiluvchilarni xushnud va jilmaygan hollarida qabrlardan 
chiqarib, mahshargohda to‘playman, ularning duolari mustajobdir". 
Bu xususda kelgan axbor va asarlar behisob. Ummat tavbaning vojibligiga ijmo’ qilgan. Zero, 
vojibning ma’nosi Alloh taolodan yiroqlashtiruvchi, halokatga sudrovchi ma’siyat va gunohlarni 
anglashdir. Bu esa iymonning vojibligiga doxil jihatdir. Lekin ba’zida aynan mana shu jihatdan 
g‘aflatda qolish kishini dahshatga soladi. Aslida mazkur ilm, ya’ni gunohning halokatli bo‘lishini 
anglash o‘sha g‘aflatni ketkizishdir. 
Tavbaning yana: "darhol gunohlarni tark qilmoq", "kelajakda gunohni takrorlamaslikka azm 
etmoq", "o‘tgan xatolarni o‘nglamoq" kabi ma’nolari bor. 
Darhaqiqat, o‘tgan xatodan pushaymon bo‘lib, g‘amga botish musulmon uchun vojibdir. Bu hol 
tavbaning ruhi, u bilan o‘nglanish kamoliga yetadi. Shunday ekan, tavba qanday vojib bo‘lmasin?! 
Tavba shunday og‘riqki, u bekor o‘tayotgan umrni his qilish, Allohning g‘azabi ostida zoe’ 
bo‘layozgan bebaho ne’mat o‘tgan va o‘tayotgan kunlarni o‘ylab, qonli yoshlar to‘kishdir. 
Agar sen: "Qalb og’rig’i ixtiyoriy emas, zarurat tufayli tug’iladi. Shunday ekan, qanday qilib, u 
vujub sifati bilan sifatlanishi mumkin?" 
desang, javob shuki, mahbub narsaning qo‘ldan ketganini 
anglash qalbga azob beradi. Bu og‘riqda og‘riqning sababi tomon yo‘l bor. Xuddi shuningdek, ilm, 
ya’ni gunohning halokatli ekanini anglash — vujubda, ya’ni tavbaning vojibligi ichida mavjud. Bundan 
zinhor, "banda ilmni yaratadi va uni ongida paydo qiladi, degan ma’no kelib chiqmasligi kerak. 
 "Axir banda biron ishni qilish va qilmaslikda ixtpiyorli emasmi?" 
desang, aytamiz: ha, bandaga 
ixtiyor berilgan. Lekin bu gap ushbu: "Butun borliqni Alloh taolo yaratgan, ixtiyor ham Allohning xilqati. 
Banda o‘ziga berilgan ixtiyorga muhtoj qilib yaratilgan", degan so‘zimizga zid emas. 
Alloh taolo sog‘lom qo‘lni va shirin taomlarni yaratdi. Oshqozonda taom uchun istakni, qalbda 
taomning istakni qondirishi haqida xabar beruvchi ilmni yaratdi. Shu bilan birga, "taomda zarar bo‘lishi 
mumkinmi, uni tanovul etishga monelik qiladigan sabab yo‘qmi?" degan kabi ziddiyatli o‘y-fikrlarni 
ham yaratdi. Yana o‘sha taomni tanovul qilishga mone’ bo‘ladigan sababning yo‘qligini bildiradigan 
ilmni ham yaratdi. Bu sabablar jamlanganidan so‘ng iroda "taomni tanovul qilish mumkin", degan 
to‘xtamga keladi. 
Har xil o‘y-fikrlarning taraddudidan keyin, taom uchun xohish voqe bo‘lganidan so‘ng yuzaga 
chiqqan irodaning to‘xtami ixtiyor deb nomlandi, Ixtiyor hosil bo‘lishi uchun uning hamma sabablari 
oxirigacha yuzaga chiqishi lozim. 
Alloh taolo tarafidan yaratilgan iroda qachon jazm hosil qilsa, o‘shanda sog‘lom qo‘l qiyinchiliksiz 
taomga cho‘ziladi. Iroda va qudrat mukammal bo‘lganidan so‘ng, biron ishning yuzaga chiqishi 
zaruratga aylanadi, harakat hosil bo‘ladi. Qudrat va irodaning jazmi hosil bo‘lgach, harakatni Alloh 
yaratadi. Qudrat va irodaning jazmi ham Alloh tarafidan yaratilgandir. Irodaning jazmi haqiqiy istak va 
to‘siqlarning yo‘qligini anglashdan so‘ng hosil bo‘ladi. Bu istak va anglash ham Alloh tomonidan 
yaratilgan. Lekin bu yaratilmishlar Alloh taoloning qonuniga ko‘ra joriy tartib asosida, ba’zisi 
ba’zisining natijasi o‘laroq namoyon bo‘ladi: 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin