Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc



Yüklə 256,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/54
tarix27.04.2023
ölçüsü256,61 Kb.
#103860
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...

www.ziyouz.com kutubxonasi 
21
yu, xalokatining sababi - gunohlardan qaytmaydi, Alloh qaytargan ishlarni kilishda 
davom etaveradi. Shayton uning «panoh tilash»idan kuladi. Uning misoli, shundoq 
yonida mustahkam qal’a turib, qal’aga bekinmasdan, o‘zi tomon odimlayotgan vahshiy 
hayvonni kutib o‘tirgan kishiga o‘xshaydi. U uzoqdan yirtqichshshg yovuz, so‘yloq 
tishlarini, bahaybat gavdasini ko‘radi va tilida tinimsiz: mustaxkam qal’a meni panohiga 
oladi, qal’aning puxta qurilishi va pishiq ustunlari meni yirtqichdan qutqaradi, deya 
takrorlaydi. Bularni u faqat tilida aytadi-yu, amalda joyidan jilmaydi. Bu tarzda 
yirtqichdan «xalos bo‘lish» o‘ta kulguli emasmi?! 
Oxirat dahshatlaridan saqlovchi yagona qal’a «La ilaha illalloh»dir. Kimki bu kalimani 
aytar ekan, endi u ki-shining yagona maqsadi Alloh taolo va uning uchun endi Allohdan 
o‘zga ibodat qilinadigan zot yo‘q. 
Havoyi nafsini o‘ziga iloh qilib olganlarning «La ilaha illalloh» deganlari esa yolton, 
ularning ahvoli xatarli. 
Agar yuqorida aytilganlarni bajarishdan ojiz bo‘lsang, Allohning rasuliga mehr qo‘y, u 
zotning sunnatlarini ulug‘ bil, ummatlari ichidagi solih kishilarning hurmatini qozon, 
ularning duosi bilan baraka tol. Balki shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning 
yoki u zotning ummatlaridan bo‘lmish solih kishilarning shafoatiga noyil bo‘larsan, oxirat 
uchun yiqqan sarmoyang kam bo‘lsada, balki shafoat tufayli najot toparsan. 
Shafoat 
Bilgil, mo‘minlardan ba’zi toifalarning do‘zaxga kirishi haq. Albatta Alloh taolo bunday 
mo‘minlarga nisbatan payg‘ambarlar va siddiqlarning shafoatini qabul qiladi. Ummatning 
ulamosi va solih kishilari, umuman, Alloh taolo dargohida martaba va chiroyli 
muomalaga sazovor har bir banda o‘zining aqli, yaqinlari, do‘stlari, tanishlariga shafoat 
qilishi mumkin. 
Ey inson! Shafoat qilinishga munosib darajada bo‘lish ishtiyoqi aslo ko‘nglingni tark 
etmasin. Hech qachon hech kimni kamsitma. Chunki, Alloh taolo Uzining do‘stligini 
bandalari ichiga yashirgan. Sen qaydan bilasan, balki ko‘zda-ring nazarga ilmayotgan 
kishi Allohning do‘stidir?! 
Ey inson! Birorta gunohni kichik sanama.Chunki, Alloh taolo g‘azabini gunohlar ichiga 
yashirgan. Sen qaydan bilasan, balki Allohning g‘azabi sen arzimas deb bilgan o‘sha 
gunoh ichra yashirindir. 
Ey inson! Birorta ibodatni kichkina deb bilma. Chunki, Alloh taolo O’z roziligini toati 
ichiga yashirgan. Qaerdan bilasan, balki sen haqir sanayotgan ibodatda Allohning roziligi 
bordir. Mayli, u bir yaxshi so‘z yoki yaxshi niyat yoxud shunga o‘xshash ibodatlar bo‘lsin. 
Qur’oni karim va hadislarda shafoatning haqligi xususida dalillar ko‘p. Alloh taolo 
aytadi: 

Yüklə 256,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin