Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc



Yüklə 256,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/54
tarix27.04.2023
ölçüsü256,61 Kb.
#103860
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...

www.ziyouz.com kutubxonasi 
24
tomondagi eshiklaridan kiritaman...» 
Keyin Payg‘ambar alayhissalom: «Nafsim izmida bo‘lgan Zotga qasamki, jannatning 
ikkala eshigi orasidagi masofa Makka va Xumayr yoki Makka va Busra orasi qadar 
kengdir» (muttafaqun alayh). 
Boshqa bir hadisda ham ayni matn vorid bo‘lgan. Faqat unda Ibrohim 
alayhissalomning «uchta yolg‘oni» keltiriladi: yulduzlar xususida «bu mening Rabbim» 
degani; qavmining butlariga nisbatan aytgan «bu ishpi ularning kattasi - mana bu 
«haykal» qildi» degan so‘zlari (Anbiyo, 63-oyat) ; «Albatta men (vabo) kasaliga 
yo‘luqkuvchidirman» (Vas-soffat, 88-89-oyatlar). 
Bu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning shafoatlaridir. Shuningdek, bu 
ummatning‘ olim va solix kishilari ham shafoat kilishga haqli bo‘ladilar. Payg‘ambarimiz 
aytadilar: «Ummatimdan bir kishining shafoati bilan Ra-bi’a va Muzir 
qabristonidagilardan ham ko‘proq kishilar jannatga kiradi» (Termiziy, Ibi Moja, Xokim 
rivoyati). 
Rasuli akram dedilar: «Bir kishiga «tur, ey falonchi, shafoat qil» deyiladi. U kishi 
turib, qabilasini, ahli baytini, bir yo ikki kishini amali miqdorida shafoat etadi (Termiziy 
rivoyati). 
Anas ibn Molik Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qiladi: «Qiyomat kuni jannat 
ahlidap bo‘lgan bir kishi do‘zax ahliga ko‘rinadi. Shunda do‘zax ahlidan bo‘lgan bir kishi 
uni chaqirib: 
— Ey falonchi, meni tanidingmi?— deydi. 
— Yo‘q, Alloh haqqi, seni taniyolmayagshan, javob qiladi unga jannatiy kishi. 
— Dunyo hayotida yenimdan o‘tib ketayotib, bir qultum suv so‘ragan eding. Suv 
berib, chanqog‘ingni bosgan edim. 
— Endi tanidim. 
— Shu yaxshiligim xaqqi, Parvardigoring huzurida menga shafoat tila. 
Shunda bu jannatiy Alloh taologa iltijo bilan deydi: «Men do‘zax ahliga ko‘ringanimda 
bir kishi: «Meni taniysanmi?» dedi. Men uni taniyolmayotganimni aytdim. U menga: 
«Dunyoda suv so‘ragan paytingda seni suvga qondirgan kishiman, Rabbingdan men 
uchun shafoat tila» dedi. Ey Rabbim, u kishiga meni shafoatchi qil». 
Alloh taolo do‘zaxiy kishi uchun so‘ralgan bu shafoatni qabul qildi va uni do‘zaxdan 
chiqarishga amr etdi. Bas, u jahannamdan xalos qilindi. (Daylamiy rivoyati). 
Anas ibn Molik Payg‘ambar alayhissalomdan gaunday rivoyat qiladi: «Qayta tirilish 
kuni qabrdan eng avval chiqadigan inson menman. Parvardigor huzuriga 
borayotganlarida ularning xotibi — so‘zlovchisi ham menman. Umidsizlikka tushganlarida 
ularga xushxabar beruvchi ham menman. O’sha kuni «hamd tug‘i» mening qo‘limda 
bo‘ladi. Faxrlanish emas, Rabbimga Odam farzandlari ichida eng hurmatlisi ham men 
bo‘laman» (Termiziy rivoyati). 
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Men ulug‘ va qudratli Rabbimning 
huzurida turaman. Jannat kiyimlaridan birini kiyaman. Keyin Arshning, mendan boshqasi 
turmaydigan, o‘ng tomonidagi maqomni zgallayman» (Termiziy rivoyati). 
Ibn Abbos roziyallohu anhuma dedi: «Rasululloh sahobalaridan bir guruhi sarvari 
olamni kutib o‘tirishgan edi. Rasululloh chikdilar, ularga yaqinlashdilar, ularning shunday 
mazmunda suhbatlashayotganini eshitdilar: 
— Ajabo! Ulug‘ va qudratli Alloh O’zi yaratgan inson, Ibroximni O’ziga halil — do‘st 
qildi. 
— Muso alayhissalomning Yaratuvchi Zot bilan so‘zlashganiga nima deysizlar?! 
— Iyso alayhissalom Allohning so‘zi va U Zot tomo-nidan bo‘lgan rux sohibidir! 
— Alloh Odam alayhissalomni tanladi!.. 


Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy 

Yüklə 256,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin