www.ziyouz.com kutubxonasi
25
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ularga salom berdilar va shunday dedilar:
«So‘zlaringizni tingladim. Ibroxim alayhissalomiing Allohning halili ekanligi sizni
hayratlantiryapti. Ha, Muso Alloh bilan sirlashdi, Iyso Alloh tomonidan bo‘lgan ruh va
Uning so‘zidir. Ha, Alloh taolo Odamni tanladi.
Ogoh bo‘ling, men Allohshshg habibiman. Faxrlanish emas, Qiemat kunida hamd
bayroshni ko‘taruvchi menman. Faxrlanish emas, Qiyomat kunida eng avval shafoat
qiluvchi va eng avval shafoat qilinuvchiman. Faxrlanish emas, jannat (eshigi) xalqasshsh
eng birinchi ushlovchi menman. Alloh menga jannatini ochadi. Men va men bilan birga
faqir mo‘minlar u yerga kiradi. Faxrlanish emas, men avvalgilaru oxirgilarning eng
hurmatlisiman, ha, bu faxrlanish emas» (Termiziy rivoyati).
Havzi Kavsar Bilgil! Kavsar hovuzi ulug‘ hurmatdir. Bu ulug‘ hurmat payg‘ambarimiz Muhammad
alayhissalomga tegishlidir. Hovuzning tavsifi hadislarda batafsil izoxlangan. Umidimiz,
Alloh taolo bizni bu dunyoda hovuz hakdda xabardor qilish va oxiratda uning totini totish
bilan rizqlantirsin.
Bu hovuzning sifatlaridan birisi undan ichgan odam hech qachon chanqamaydi. Anas
ibn Molik shunday rivoyat qiladi: «Rasuli akram ozgina mudradilar. Keyin tabassum
qilgan holda boshlarshsh ko‘tardilar.
— Ey Allohning rasuli, nega kulyapsiz?— dedik.
— Hozirgina menga oyat nozil bo‘ldi, dedilar va Kavsar surasini oxirigacha o‘qidilar,
so‘ngra — Kavsar nima ekashshgini bilasizlarmi? deya so‘radilar.
— Alloh va rasuli bilguvchirokdir, dedik.
— Kavsar bu ulug‘ va qudratli Rabbim menga va’da etgan jannatdagi daryodir, unga
ko‘p xayr yog‘iladi. Daryoning yonida hovuz bor. Qiyomat kunida ummatim u hovuz
atrofida to‘planadi. Hovuzga (tegishli) idishlarning adadi osmondagi yulduzlar qadardir»
(Muslim rivoyati).
Anas roziyallohu anhu Payg‘ambar alayhissalomdan shunday rivoyat qiladilar:
«Jannatda yurgan edim, ko‘zim bir daryoga tushdi. Daryoning ikki chetida ichi g‘ovak
injulardai yasalgan qubbalar bor edi. «Bu nima, ey Jibril?» deb so‘radim. «Bu Rabbingiz
sizga bergan Kavsardir» dedi u va qulini hovuzga botirdi. Hovuzning loyi xushbo‘y
mushkdan ekanshsh ko‘rdim» (Termiziy rivoyati).
Yana Anas roziyallohu anhu aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:
«Hovuzimning, ikki chekkasi orasidagi masofa Madina va San’o yoki Madina va Ammon
orasidagi masofa qadardir» (Muslim rivoyati).
Ibn Umar shunday rivoyat kiladi:«Alloh taoloning: «(Ey Muhammad), albatta Biz
sizga Kavsarni ato etdik» (Kavsar, 1) oyati nozil bo‘lgach, Rasululloh dedilar:«U (Kavsar)
ikki qirg‘og‘i oltindan bo‘lgan daryodir. Uning suvi sutdan oq, asaldan shirin, mushkdan
xushbo‘ydir. Kavsarnint suvi inju va marjon qoyalar uzra okddi» (Termiziy rivoyati).
Rasulullohning mavlosi (ozod qilgan quli) Savbon Payg‘ambar alayhissalomdan
rivoyat qiladi: «Hovuzim (ning kattaligi) Adandan Ammanul Bolqongacha bo‘lgan masofa
qadardir. Uning suvi sutdan oq, asaldan shirin, qadaxdari osmondagi.yulduzlar
adadichadir. Kim undan bir qultum ichsa, hech qachon chanqamaydi. Hovuz labiga eng
avval boradigan odamlar faqir muhojirlardir». Shunda Umar ibn Xattob:
— Kim ular, ey Allohning rasuli? dedi.
— Ularning sochlari to‘zg‘ib, changlarga belangan, kiyimlari kirdir. Ular boybadavlat
ayollarga uylanmagan. Ularga (dunyo) xovlilarining eshiklari ochilmaydi, dedilar Rasu-