Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc


«Ey insonlar, albatta Allohning (qayta tiriltirish va bu dunyoda qilib o‘tilgan



Yüklə 256,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/54
tarix27.04.2023
ölçüsü256,61 Kb.
#103860
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...

«Ey insonlar, albatta Allohning (qayta tiriltirish va bu dunyoda qilib o‘tilgan 
yaxshi-yomon amaldarning mukofot jazosini berish to‘g‘risidagi) va’dasi haq 
(va’dadir). Bas, hargiz sizlarni hayoti dunyo aldab qo‘ymasin! Va hargiz sizlarni 
Alloh (barcha gunohlarni kechib yuboraveradi,— deb) aldaguvchi (shayton) 
addab qo‘ymasin!» (Fogir, 5-oyat). 
 
 
Jahannam va uning dahshatlari 
Tugab bitayotgan dunyoning tashvishlariga aldanayotgan, ey g‘ofil nafs! Sen endi 
butkul tashlab ketayotgan o‘tkinchi uyning zmas, balki abadiy kolish uchun ko‘chib 
o‘tayotgan oxirat uyingning g‘amini ye! Chunki har bir insonning jahan-namga 
tushirshshshi senga yaxshi ma’lum: 
«Hech shakshubha yo‘qki, Biz O’zimiz unga (jahannamga) kirishga loyiqroq 
bo‘lgan kimsalarni juda yaxshi bilguvchidurmiz. Sizlardan har biringiz unga 
tushguvchidirsiz. (Bu) Parvardigoringizga (ya’ni, u Zotning amriga binoan) 
vojib bo‘lgan hukmdir. So‘ng Biz taqvodor bo‘lgan zotlarni (undan) qutqaruriiz 


Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
27
va zolii kimsalarni tiz cho‘kkan hollarida (jahannamda) qoldirurmiz» (Maryam, 
70-72-oyatlar). 
Demak, barchaning, jumladan sening ham jahannamga tushishing aniq, undan najot 
topishing esa gumon. Borishing anik bo‘lgan joyning qo‘rqinchini qalbdan his qil, shoyad 
undan najot topsang. 
Qiyomat dahshatlarigot boshdan kechirayotgan xaloyiqning ahvolini tasavvur qil. Ular 
qayg‘u va qo‘rkdnch ichra tik holatda kotib qolishgan. Qiyomat haqida eshitganlari 
ko‘zlari o‘ngida sodir bo‘lyapti, shafoat kutishadi. O’sha payt mujrim — gunohkor 
bandalarning atrofini zulmat qoplaydi. Birdan ularning ustiga olov yolkini «ko‘lka» 
tashlaydi. Jahannamning hovurli nafasini eshitadilar. Bo‘kirikka o‘xshash bu nafasdan 
g‘azab uchqunlari sachraydi. Ana o‘shanda mujrim bandalar va’da etilgan halokatga uzil-
kesil ishonadilar. Ummatlar tiz cho‘kkan hollarida kelti-riladi. Hatto do‘zaxdan najot 
topganlar ham qo‘rquvdan dirdir titrashadi. Shunda azob farishtalaridan biri chi-qib, nido 
qiladi:«Dunyoda nafsini orzuhavaslar bilan aldab, yomon amallar bilan umrini zoe qilgan 
falonchining o‘g‘li falonchi qani?!» Qalblarga taxdid solib, ul-kan kaltaklar bilan uni qattiq 
azob sari xaydashadi va «mana bu azobni totib ko‘rgin» deya uni jahannam qa’riga yuz 
tuban uloqtirishadi. Bu tor, korong‘u, xatarlarga to‘la uyni maskan tutganlar u yerda 
abadiy tutqun bo‘lishadi. U yerda olovlar yonadi, u yerdagilarning ichadigan suvlari 
qaynoq, u yerdagilarning qarorgohi — jahannam. Jaxan-nam ahli o‘limni orzu qilishadi
lekin u yerdan qutulishning imkoni yo‘q. Arqonning u uchini bu uchiga bog‘langani— dek, 
ularning oyoqlari yonoqlariga bog‘lanadi, yuzlari gunoh zulmatidan qorayib ketadi. Ular 
do‘zaxning u burchiyu, bu burchidan baqirashadi: «Ey jazo Kunining podshohi! 
Azoblaring haq bo‘ldi, temir gurzilar bizni ezdi, terilari-miz kuydi. Ey saltanatning tanho 
egasi! Bizni jahannamdan xalos et. Endi biz zinhor gunoh yo‘liga qaytmaymiz». Shunda 
azob farishtalari deydi: «Xayhot! Orzular vaqti o‘tdi. Endi sizlar uchun bu xorlik diyoridan 
chiqish yo‘q. Boring, ichkariroq kiring, gapirmangiz. Agar u yerdan chi-qarilsangiz
albatta yana man’ qilingan ishlarga qaytasiz». Ular noumid bo‘ladilar, Allohga yaqin 
bo‘laturib, fursatni boy berganlariga afsus chekadilar. Koshki bu na-domatlar foyda 
bersa! Ular yuzlari tuban, mag‘lub holda borishadi. Ustlarida va ostlarida ham, o‘ngu 
so‘llarida ham - olov! Ular olov dengiziga g‘arq. Ularning taomi olov, sharobi olov, libosi 
olov, to‘shaklari ham olovdan. Ular qora moydan bo‘lgan kiyimlari bilan alanga ichra 
krlib, og‘ir zanjirlar va gurzilar zarbidan azob chekadilar. Tor yo‘laklardan tubanlikka 
tushib ketaveradilar, zulmat pardasi ularni iztirobga soladi. Olov qozoni qaynatgan kabi 
jahannam ularni qaynatadi. Ular ho‘ngrab, o‘limni chorlaydilar.Chorlagani sayin boshlari 
uzra qaynoq suyuqlik quyuladi. Bu qaynoq suyuqlik ularning ichi va terilarini eritib 
goboradi. Temir gurzilar peshonalarini parchalaydi, og‘izlaridan yiring oqadi, jigarlari 
issiqdan yorilib ketadi. Qorachiqlar yonoqlarga oqib tushadi, yonoqlarning eti silinadi, 
sochu tuklar teridan bir-bir yulinadi. Terilar kuyib jizg‘anak bo‘lganidan so‘ng qizib 
turgan etlarga qaytadan teri qoplanadi. Suyaklar etdan ajraladi. Tomir va asab tolalari 
bilan bog‘langan tiriklik rishtalarigina qoladi. Ular ham olovning shiddatli xovuridan kurib 
boradi. 
Azoblar ichra to‘lg‘onastgan jahannamiylar o‘limni orzu qiladi, lekin o‘lolmaydilar. 
Aytchi, yuzlari issiqdan qop-qora tusga kirib, ko‘zlari ko‘r, tillari soqov bo‘lib qolgan, 
bellari sinib, suyaklari parchalangan, quloqlari ke-silib, terilari titilib ketgap, qo‘llari 
bo‘yiiga, boshi va oyog‘i bir-biriga chirmab tashlanganlarga ko‘zing tushsa, holing ne 
kschadi? 
Ular jahannamga yuzlari bilan sudralib boradilar, qorachiqlariga temir tikanlar 
bosiladi. O’tning yolqini a’zolarining ich-ichigacha o‘rlaydi. Do‘zaxning ilon va chayonlari 
badanlariga yopishadi. 


Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy 

Yüklə 256,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin