Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc



Yüklə 256,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/54
tarix27.04.2023
ölçüsü256,61 Kb.
#103860
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...

www.ziyouz.com kutubxonasi 
29
jahannamga ming yil yonishni buyurdi, xatto olov qizardi. Keyin yana ming yil yonishga 
buyurdi, olov oqardi. So‘ng yana ming yil yonishga buyurdi, olov qoraydi. Jahannam 
qop-qora, zimistondir» (Termi-ziy rivoyati). 
Payg‘ambar alayhissalom xabar beradilar:«Do‘zax Rab-biga shikoyat qildi: -Ey 
Rabbim, o‘zim o‘zimni yeyapman. Par-vardigori olam unga ikki marta nafas olishga izn 
berdi: yoz oyida bir marta va qish oyida bir marta. Yoz mavsumida-gi eng issiq kun 
jahannamning xaroratidandir. Qish mavsumidagi eng sovuk kun jahaniamning zamharir 
sovug‘idandir» (muttafaqun alayh), 
Anas ibn Molik aytadi: «(Qiyomat kuni) dunyo hayotida to‘kin-sochin yashagan 
kofirlardan biri keltiriladi va farishtalarga: 
— Uni jahannam oloviga bir tiqib oling! deya buyuriladi. O’tga kirib chiqqandan so‘ng 
undan: 
— Dunyo hayotida hech to‘kinlik ko‘rdingmi? deb so‘raladi. 
— Yo‘q, deydi. 
Dunyo hayotida eng ko‘p ozor va zarar ko‘rgan odam kelti-riladi va farishtalarga: 
Uni jannatga bir kiritib oling, deya amr qilinadi. So‘ngra unga: 
— Dunyo hayotida hech yomonlik ko‘rdingmi? deb so‘raladi. 
— Yo‘q, aslo, deydi u». 
Abu Hurayra aytadi: «Agar yuz ming yoki undanda ko‘prok kishi jamlangan masjid 
ichida jahannam ahlidan bittasi bir marta nafas olsa, masjid ahlining barchasi o‘sha 
zahoti til tortmay o‘lgan bo‘lardi». 
«Ularning yuzlarini o‘t kuydirib, badbashara bo‘lib qolguvchidirlar» 
(Mo‘minin, 104) oyagi xususida olimlaridan biri deydi: «Bu jahannam olovining bir marta 
kuydirishidir. Shu kuydirishda etlar suyakdan ajrab, to‘-piqqacha shilinib tushadi». 
Jahannam ahlining badanlaridan oqayotgan badbo‘y yiringlarni ko‘z oldingga 
keltirolasanmi?! Ular o‘sha sassiq yiringlarga g‘arq bo‘lishgan. Abu Said Xudriy 
Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini rivoyat qiladi: «Agar jahannam 
yiringidan bir paqiri dunyoga to‘kilsa, butun yer ahli badbo‘y, sassiq hidga ko‘milgan 
bo‘lardi» (Termiziy rivoyati). 

Yüklə 256,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin