www.ziyouz.com kutubxonasi
29
jahannamga ming yil yonishni buyurdi, xatto olov qizardi. Keyin yana ming yil yonishga
buyurdi, olov oqardi. So‘ng yana ming yil yonishga buyurdi, olov qoraydi. Jahannam
qop-qora, zimistondir» (Termi-ziy rivoyati).
Payg‘ambar alayhissalom xabar beradilar:«Do‘zax Rab-biga shikoyat qildi: -Ey
Rabbim, o‘zim o‘zimni yeyapman. Par-vardigori olam unga ikki marta nafas olishga izn
berdi: yoz oyida bir marta va qish oyida bir marta. Yoz mavsumida-gi eng issiq kun
jahannamning xaroratidandir. Qish mavsumidagi eng sovuk kun jahaniamning zamharir
sovug‘idandir» (muttafaqun alayh),
Anas ibn Molik aytadi: «(Qiyomat kuni) dunyo hayotida to‘kin-sochin yashagan
kofirlardan biri keltiriladi va farishtalarga:
— Uni jahannam oloviga bir tiqib oling! deya buyuriladi. O’tga kirib chiqqandan so‘ng
undan:
— Dunyo hayotida hech to‘kinlik ko‘rdingmi? deb so‘raladi.
— Yo‘q, deydi.
Dunyo hayotida eng ko‘p ozor va zarar ko‘rgan odam kelti-riladi va farishtalarga:
— Uni jannatga bir kiritib oling, deya amr qilinadi. So‘ngra unga:
— Dunyo hayotida hech yomonlik ko‘rdingmi? deb so‘raladi.
— Yo‘q, aslo, deydi u».
Abu Hurayra aytadi: «Agar yuz ming yoki undanda ko‘prok kishi jamlangan masjid
ichida jahannam ahlidan bittasi bir marta nafas olsa, masjid ahlining barchasi o‘sha
zahoti til tortmay o‘lgan bo‘lardi».
«Ularning yuzlarini o‘t kuydirib, badbashara bo‘lib qolguvchidirlar» (Mo‘minin, 104) oyagi xususida olimlaridan biri deydi: «Bu jahannam olovining bir marta
kuydirishidir. Shu kuydirishda etlar suyakdan ajrab, to‘-piqqacha shilinib tushadi».
Jahannam ahlining badanlaridan oqayotgan badbo‘y yiringlarni ko‘z oldingga
keltirolasanmi?! Ular o‘sha sassiq yiringlarga g‘arq bo‘lishgan. Abu Said Xudriy
Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini rivoyat qiladi: «Agar jahannam
yiringidan bir paqiri dunyoga to‘kilsa, butun yer ahli badbo‘y, sassiq hidga ko‘milgan
bo‘lardi» (Termiziy rivoyati).