Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc



Yüklə 256,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/54
tarix27.04.2023
ölçüsü256,61 Kb.
#103860
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...

www.ziyouz.com kutubxonasi 
28
Kel, do‘zaxiylar ko‘radigan dahshatlarga yaqinrokdan nazar sol, jahannam vodiylari 
va daralari xususida tafakkur et. 
Payg‘ambar alayhissalom dedilar:«Jahannamda yetmish ming vodiy, har vodiyda 
yetmish ming dara, har darada yet-mish ming ilon va chayon bor. Kofir va munofiqlar bu 
vodiyu daralarning barchasidan o‘tmaguncha, jahannamning nihoyasiga yetmaydi» (Ibn 
Koniy rivoyati).' 
Ali karramalloqu vajxahu rivoyat qiladi: «Rasuli akram shunday degan edilar: 
— «Jubbul xuzn»ga tushib qolmasligingiz uchun Allohdan panoh tilangiz. 
— «Jubbul huzn» nima? deya so‘raldi. 
— U jahannamdagi shunday vodiyki, jahannamning o‘zi har kuni yetmish marta 
undan nanoh tilaydi. Alloh taolo bu vodiyni riyokor qorilar uchun hozirlab qo‘ygandir, 
dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam» (Ibn Adiy rivoyati). 
Jahannamning kengligi va u yerdagi quyilashib boruvchi vodiylarning soni dunyo 
vodiylari va undagi shahvat (dunyoviy istak) larning adadiga muvofik keladi. Bandaning 
gunohga vosita bo‘ladigan a’zosi nechta bo‘lsa, jahan-nam eshiklarining soni ham 
shunchadir. Bu edshklar ustma-ust qurilgan. Ular kuyidagi tartibda joylashgap bo‘lib, 
eng tepadagi eshikning nomi - Jahannam, Saqar, Lazzo, Xutoma, Sa’ir, Jahim va Xoviya 
deb ataladi. Hoviyaning chukurligi xuddi dunyo shahvatlari kabi tubsizdir. Shuningdek
dunyo hayotida bir uzv o‘zidan kattaroq boshqa uzvga borib ulangani kabi jahannamdagi 
Hoviya ham o‘zidan chukurroq Hoviyaga borib ulanaveradi. 
Abu Hurayra aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga edik. Daf’atan 
gumburlagan sasni eshitdik. Shunda Rasuli akram: 
— Bu nima bilasizlarmi? - so‘radilar. 
— Alloh va rasuli bilguvchiroqdir, dedik. 
— Bu yetmish yil oldin jahannamga tashlangan toshdir, hozir uning qa’riga yetdi, 
dedilar Rasuli akram» (Muslim rivoyati). 
Endi tubanlashuv pog‘onalaridagi tafovutga ham bir nazar sol. Chunki oxirat uyi 
darajot va fazilatlarga boy qarorgohdir. Zero, mana shu hayotda ham bandalar dunyoga 
muxabbat jihatidan farqlanadilar. Kimdir dunyoga mukkasitsan ketib, unga butkul g‘ark 
bo‘ladi, kimdir ma’lum chegarada to‘xtaydi, 
Shuningdek, jahannam olovi komiga tortilish darajasi ham tafovutlidir. Alloh zarra 
misqolicha zulm qilmaydi. Do‘zaxga tushgan barcha kishilarning azobi bir xil emas. Balki 
har bir do‘zaxiyning azoblanish darajasi isyo-nu gunohiga qarab ma’lum doirada 
chegaralangan. Agar azo-bi eng kam do‘zaxiyga butun dunyo to‘laligicha berilsa, azob 
shiddatiii kamaytirish uchun u o‘sha dunyoning hammasini fido qilgan bo‘lardi. 
Payg‘ambar alayhissadam aytdilar: «Qiyomat kunida do‘zax ahli tortadigai azobniig 
eng yengili - o‘tdan kavush kiyish, kavushning harorati miyani qaynatadi» (muttafa-qun 
alayh). 
Bas, shunday ekan, bu azoblarni o‘ziga yengil sanayotganlardan qanday 
ajablanmasliging mumkin?! U azoblarni o‘ziga shiddatli bilayotgan insondan esa nega 
ibratlanmaysan? Jahannam azobining shiddatidan shubhaga borayotgan bo‘lsang, qani, 
barmog‘ingni o‘tga yaqinlashtir va jahannam azobini shunga qies et. Endi bilginki, sen 
bu qiyosda adashding. Chunki, dunyo olovi jahannam oloviga o‘xshamaydi. Ammo bu 
dunyoda eng qattiq jismoniy azob o‘tning kuydirishidir. Shu azob orqali jahannam 
neligini anglag‘anday bo‘lamiz. Lekin bu anglash naqadar noqis! Agar jahannam ahli 
do‘zaxda dunyo olovini topsa, jahannam olovidan qochib, o‘zlarini dunyo oloviga urgan 
bo‘lar edilar. Xabarlarda kelishicha, dunyo olovi yetmish marta rahmat suvi bilan 
yuvilg‘anidaya so‘ng dunyo ahli toqat qiladigan darajaga yetdi (Ibn Abdulbar rivoyati). 
Payg‘ambar alayhissalom jahannam olovini shunday si-fatlaydilar: «Alloh taolo 


Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy 

Yüklə 256,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin