Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc



Yüklə 256,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/54
tarix27.04.2023
ölçüsü256,61 Kb.
#103860
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...

www.ziyouz.com kutubxonasi 
25
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ularga salom berdilar va shunday dedilar: 
«So‘zlaringizni tingladim. Ibroxim alayhissalomiing Allohning halili ekanligi sizni 
hayratlantiryapti. Ha, Muso Alloh bilan sirlashdi, Iyso Alloh tomonidan bo‘lgan ruh va 
Uning so‘zidir. Ha, Alloh taolo Odamni tanladi. 
Ogoh bo‘ling, men Allohshshg habibiman. Faxrlanish emas, Qiemat kunida hamd 
bayroshni ko‘taruvchi menman. Faxrlanish emas, Qiyomat kunida eng avval shafoat 
qiluvchi va eng avval shafoat qilinuvchiman. Faxrlanish emas, jannat (eshigi) xalqasshsh 
eng birinchi ushlovchi menman. Alloh menga jannatini ochadi. Men va men bilan birga 
faqir mo‘minlar u yerga kiradi. Faxrlanish emas, men avvalgilaru oxirgilarning eng 
hurmatlisiman, ha, bu faxrlanish emas» (Termiziy rivoyati).
Havzi Kavsar 
Bilgil! Kavsar hovuzi ulug‘ hurmatdir. Bu ulug‘ hurmat payg‘ambarimiz Muhammad 
alayhissalomga tegishlidir. Hovuzning tavsifi hadislarda batafsil izoxlangan. Umidimiz, 
Alloh taolo bizni bu dunyoda hovuz hakdda xabardor qilish va oxiratda uning totini totish 
bilan rizqlantirsin. 
Bu hovuzning sifatlaridan birisi undan ichgan odam hech qachon chanqamaydi. Anas 
ibn Molik shunday rivoyat qiladi: «Rasuli akram ozgina mudradilar. Keyin tabassum 
qilgan holda boshlarshsh ko‘tardilar. 
— Ey Allohning rasuli, nega kulyapsiz?— dedik. 
— Hozirgina menga oyat nozil bo‘ldi, dedilar va Kavsar surasini oxirigacha o‘qidilar, 
so‘ngra — Kavsar nima ekashshgini bilasizlarmi? deya so‘radilar. 
— Alloh va rasuli bilguvchirokdir, dedik. 
— Kavsar bu ulug‘ va qudratli Rabbim menga va’da etgan jannatdagi daryodir, unga 
ko‘p xayr yog‘iladi. Daryoning yonida hovuz bor. Qiyomat kunida ummatim u hovuz 
atrofida to‘planadi. Hovuzga (tegishli) idishlarning adadi osmondagi yulduzlar qadardir» 
(Muslim rivoyati). 
Anas roziyallohu anhu Payg‘ambar alayhissalomdan shunday rivoyat qiladilar: 
«Jannatda yurgan edim, ko‘zim bir daryoga tushdi. Daryoning ikki chetida ichi g‘ovak 
injulardai yasalgan qubbalar bor edi. «Bu nima, ey Jibril?» deb so‘radim. «Bu Rabbingiz 
sizga bergan Kavsardir» dedi u va qulini hovuzga botirdi. Hovuzning loyi xushbo‘y 
mushkdan ekanshsh ko‘rdim» (Termiziy rivoyati). 
Yana Anas roziyallohu anhu aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: 
«Hovuzimning, ikki chekkasi orasidagi masofa Madina va San’o yoki Madina va Ammon 
orasidagi masofa qadardir» (Muslim rivoyati). 
Ibn Umar shunday rivoyat kiladi:«Alloh taoloning: «(Ey Muhammad), albatta Biz 
sizga Kavsarni ato etdik» (Kavsar, 1) oyati nozil bo‘lgach, Rasululloh dedilar:«U (Kavsar) 
ikki qirg‘og‘i oltindan bo‘lgan daryodir. Uning suvi sutdan oq, asaldan shirin, mushkdan 
xushbo‘ydir. Kavsarnint suvi inju va marjon qoyalar uzra okddi» (Termiziy rivoyati). 
Rasulullohning mavlosi (ozod qilgan quli) Savbon Payg‘ambar alayhissalomdan 
rivoyat qiladi: «Hovuzim (ning kattaligi) Adandan Ammanul Bolqongacha bo‘lgan masofa 
qadardir. Uning suvi sutdan oq, asaldan shirin, qadaxdari osmondagi.yulduzlar 
adadichadir. Kim undan bir qultum ichsa, hech qachon chanqamaydi. Hovuz labiga eng 
avval boradigan odamlar faqir muhojirlardir». Shunda Umar ibn Xattob: 
Kim ular, ey Allohning rasuli? dedi. 
— Ularning sochlari to‘zg‘ib, changlarga belangan, kiyimlari kirdir. Ular boybadavlat 
ayollarga uylanmagan. Ularga (dunyo) xovlilarining eshiklari ochilmaydi, dedilar Rasu-


Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy 

Yüklə 256,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin