Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc



Yüklə 256,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/54
tarix27.04.2023
ölçüsü256,61 Kb.
#103860
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...

www.ziyouz.com kutubxonasi 
26
lulloh sollallohu alayhi va sallam» (Termiziy rivoyati). 
Bu hadisni eshitgan Umar ibn Abdulaziz shunday degandi:«Allohg‘a qasamki, men 
o‘ziga to‘q ayollarga uylandim, Abdulmalikning qizi Fotimani nikohimga oldim. Menga 
dunyoning barcha eshiklari ochiq. Demak, men Kavsar labiga avval borguvchilardan 
emasman. Fakat Alloh menga rahm kilsagina, u safda bo‘lishim mumkin. Shubhasiz, 
endi to sochim changlarga belanib, paxmoq bo‘lib ketmaguncha boshimga xushbo‘y 
narsalar surmayman. To kirlanib ketmaguncha eg-nimdagi kiyimni yuvmayman». 
Abu Zardan shunday rivoyat qilinadi:«Payg‘ambar alayhissalomdan Hovuzning 
idishlari haqida so‘radim, dedilar:-«Muhammadning joni Uniki bo‘lgan Zotga qasamki, 
(Havzi Kavsar) idishlarining soni bulutsiz, yop-yorug‘ osmonda porlagan yulduzlardan 
ham ko‘proqdir. Undan ichgan odam chanqamaydi. Xovuzga suv kuyadigan oxirgi ikki 
tarnovning boshi jannatda. Xovuzning uzunligi eni bilan barobar bo‘lib, u Ammon bilan 
Iyla orasidagi masofaga teng. Hovuzning suvi sutdan ok, asaldan shirindir» (Muslim 
rivoyati). 
Sumradan Rasulullohning shunday deganlari rivoyat qilinadi: «Har bir 
payg‘ambarning o‘z hovuzi bor. Ular hovuz bo‘yida ummatining ko‘pligi bilan 
faxrlanishadi. Albatta men umid qilamanki, hovuz bo‘yida mening umma-tim ko‘p 
bo‘ladi» (Termiziy rivoyati). 
Bu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning umidlari. Allohning habibi
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom ummatidan shunchalik umidvor bo‘lsa, biz 
nega hovuz bo‘yiga keluvchilar jumlasidan bo‘lishni umid kilmaylik! Lekin o‘zni umid 
qiluvchilar jumlasiga ko‘shib, aslida kuruk orzu-xayollarga aldanuvchilardan bo‘lib 
qolishdan Alloh asrasin. 
Xosildan umidvor kishi yerni yumshatib tekislaydi, yerga urug‘ sochib, keyin uni 
sug‘oradi. So‘ngra ekinlarning yerdan unib chikshdini, to yig‘im-terim paytigacha hosilni 
har qanday ofatlardan omon saqlashini Allohning fazlidan umid qiladi. Kimki yerni 
haydab yumshatishni, urug‘ sochib, unga suv ochishni tark etsa-yu, ekinlarning 
boshoklashini, daraxtlarshshg gullab, meva tugishini Allohdan umid qilsa, u Allohning 
fazlini umid qiluvchilar jumlasidan emas, balki orzu-xayollarga aldangan kimsadir. 
Afsuski, aksar kishilarning umidi g‘urur (aldanish) va g‘aflatdan boshqa narsa emas. 
Umid etilgan shpning tadbirini qilmasdan faqat Allohning fazlini kutish dunyoga 
aldanishdan xatarliroqdir. 

Yüklə 256,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin