www.ziyouz.com kutubxonasi
32
Muhammad ibn Ka’b deydi: «Jahannam ahlining beshta so‘rovi bor, Alloh ulardan
to‘rttasiga javob beradi. Be-shinchi so‘rovlaridan keyin ular abadiy gapirmaydilar:
1) «Ular dedilar: «Parnardigoro, Sen bizlarni ikki bor o‘ldirding va ikki bor tiriltirding
(ya’ni, avval ona qornida o‘lik-jonsiz holda yaratib, so‘ngra O’zing bizlarga jonhayot ato
etding. Keyin, ajalimiz yetganida O’zing jonimizni olib-o‘ldirib, Qiyomat kunida yana
tiriltirding). Bas, bizlar (Hayoti dunyoda qilib o‘tgan barcha) gunohlarimizni e’tirof etdik.
Endi (bu do‘zax azobidan chiqishning biron yo‘li bormi?» (G’ofir,11-oyat).
Alloh taolo ularga javob beradi:
«(Yo‘q, sizlar mana shu azobda mangu qolursizlar). Bunga sabab, qachon (sizlarni)
yolg‘iz Allohgagina (ibodat qilishga) da’vat qilinganida, kofir bo‘lib, bo‘yin-sunmay, agar
U Zotga shirk keltirilsa (ya’ni sizlardan kimdir turli butsanamlarga sig‘inishga
chorlaganida, iymon keltirishlaringizdir» (G’ofir, 12-oyat).
2) keyin aytishadi:
«Parvardigoro (va’dang rost ekanini), ko‘rdik va eshitdik, bas, bizlarni (hayotga)
qaytargin, bizlar yaxshi amal qilaylik. Endi bizlar (Qiyomat haq ekaniga) shak-shubhasiz
ishonguvchidirmiz» (Sajda, 12-oyat). Alloh taolo ularga javob beradi:
«... (Qiyomatda) zolim kimsalar: «Parvardigoro, bizlarga ozgina iuhlat bergan (ya’ni,
bizlarni dunyoga qaytarib, ozgina hayot bergin, albatta) Sening da’vatingni qabul
qilurmiz va payg‘ambarlarishta ergashurmiz» deydilar. (Shunda ularga javob qilinur) :
«Ilgari (hayot paytlaringizda) hech qachon zavolga yuz tutmasligingiz (ya’ni hech
qachod o‘lmasligingiz va Oxirat jazosiga du-chor bo‘lmasligingiz) haqida qasam
ichmagan edingizlarmi?!» (Ibrohim, 44-oyat).
3) jahannam ahli deydi:
«...Parvardigoro, bizlarni (bu azobdan) chiqargin, biz lar qilib o‘tgan amallarimizdan
boshqa yaxshш (amallar ) qilurmiz» deb dod-voy qilurlar...» (Fotir, 37-oyat).
Alloh taolo deydi:«...Axir Biz sizlarga eslatma oladigan kishi eslatma olgudek