Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc



Yüklə 256,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/54
tarix27.04.2023
ölçüsü256,61 Kb.
#103860
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...

www.ziyouz.com kutubxonasi 
35
Albatta, siz saodatli bo‘lasiz, hech qachon baxtsizlikka yo‘liqmaysiz» (Muslim rivoyati). 
Alloh taolo deydi: 
«...ularga: «Qilib o‘tgan (yaxshi) amallaringiz sababli sizlarga.lmeros qilib 
berilgan jannat mana shudir» deb nido qilinur* (A’rof surasi, 43). 
Jannat sifatlari bilan tanishmoqchi bo‘lsang, Qur’on o‘qi. Jannat xaqida Alloh 
taoloning bayonidan ulug‘roq bayon bormi?! 
«Parvardigori (huzurida) turishidan (ya’ni, Parvardigor oldida turib, hayoti 
dunyoda qilib o‘tgan barcha amallariga javob berishidan) qo‘rqqan kishi uchun 
ikki jan-nat bordir» (Rahmon, 46) oyatidan to sura oxirigacha, shuningdek, Voqea va 
boshqa suralarni ham o‘qi, jannat xaqida-gi xabarlarning tafsilotiga boq! Avvalo, 
jannatning soni bilan borliq jihatlarga e’tiboringni qarat. Rasuli akram Rahmon 
surasidagi «Parvardigori (huzurida) turishidan ko‘rqqan kishi uchun ikki jannat bordir» 
oyati xususida deydilar: «Ikki jannat bor, u yerning idishlari va boshqa barcha narsalari 
kumushdan. Ikki jannat bor, u yerning idishlari va boshqa barcha narsalari oltindan. 
«Adn» deyilmish mangu jannatda ahli jannat va Parvardigorining orasida kibriyo 
ridosigina bo‘lur» (muttafaqun alayh). 
Keyin jannat eshiklarini tasavvur qil. Ularning soni toatingga yarasha. Ya’ni, qaysi 
mo‘minning Alloh taologa itoati ko‘p bo‘lsa, unga ochiladigan jannat eshiklari ham 
shunchalik ko‘p bo‘ladi. Jahannam eshiklarining soni ham kishining ma’siyatiga muvofiq 
bo‘ladi. Ya’ni, inson Alloh taologa qancha ko‘p itoatsizlik qilsa, unga gauncha ko‘p do‘zax 
eshiklari ochiladi. 
Abu Hurayra Rasuli akramning shunday deganlarini ri-voyat qiladi: «Kimki Alloh 
yo‘lida - bir juft narsani infoq qilsa, u jannatning barcha eshiklaridan chorlanadi. 
Jannatning sakkizta eshigi bor. Kimki ahli namoz bo‘lsa, «Bobus-solat» (Namoz eshigi) 
dan, ro‘za ahli «Bobus-siyam» (Ro‘za eshigi) dan, ahli sadaqa bo‘lsa, «Bobussadaqa» 
(Sadaqa eshigi) dan, ahli jihod bo‘lsa, «Bo-bul-jixod» (Jixod eshigi) dan ichkariga 
chorlanadi». Shunda Abu Bakr roziyallohu anhu: 
— Allohga qasamki, bu eshiklarning bittasidan chaqirilgan kishi najot topadi. Jannat 
eshiklarining barcha-sidan chorlanadigan kishi ham bormi? 
— Ha, sen o‘shalardan biri bo‘lishingni umid qilaman, dedilar Payvambar 
alayhissalom» (muttafaqun alayh). 
Osim ibn Zamra Ali karramallohu vajxdhudan rivoyat qiladi: «Xdzrati Ali do‘zaxni 
eslatdi. Shunday bir qo‘rq-ivch bilan eslatdiki, uning dahshatidan xozir ko‘rqinchdan 
boshqasi xotirimdan ko‘tarildi. Keyin shu oyatni o‘qidi: 

Yüklə 256,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin