Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc


uzun umr bermaganmidik?! Bas, endi (azoblaringizni) totaveringlar! Endi zolim



Yüklə 256,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/54
tarix27.04.2023
ölçüsü256,61 Kb.
#103860
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...

uzun umr bermaganmidik?! Bas, endi (azoblaringizni) totaveringlar! Endi zolim 
kimsalar uchun biron yordamchi bo‘lmas!» (Fotir, 37-oyat). 
4) jahannam ahli deydi: 
«Parvardigoro, badbaxtligimiz bizlardan g‘olib kelib, adashgan qavm bo‘lib 
qolgan ekanmiz. Parvardigo-ro, bizlarni (jahannamdan hayoti dunyoga) 
chiqargin. Bas, agar yana (kufr va tug‘yonga) qaytsak, u holda shak-shubhasiz 
(o‘z jonimizga) jabr qilguvchidirmiz (ya’ni, jahan-nam azobiga loyiqdiriiz)» 
(Mo‘minun, 106-107-oyatlar). 
Alloh taolo javob beradi: 
«(Jahannamda) xor bo‘lingiz va Menga so‘z qotmangiz!» (Mo‘minun, 108-
oyat). 
Bu javobdan so‘ng jahannamiylar abadiy gapirmaydilar». 
Rasuli akram dedilar: «Qiyomat kuni o‘lim, bamisoli, ko‘zlariga oq tushgan ko‘y 
suvratida keltiriladi. So‘ngra u jannat va do‘zax orasqda so‘yiladi. Keyin: «Ey jannat ahli! 
O’limi yo‘q boqiy saodatga kelinglar. Ey do‘zax ahli! O’limi yo‘q mangu shaqovatga 
kelinglar» (Buxoriy, Muslim rivoyati). 
Hasan Basriydan shunday rivoyat qilinadi: «Odamlar ichida do‘zaxda ming yil qolib
keyin chiqadigani ham bor. Koshki, o‘sha kishi bo‘lsam!» 
Alloh undan rozi bo‘lsin, Hasan Basriyning bir burchakda yig‘lab o‘tirganini ko‘rishdi. 
Undan: «Nega yig‘layapsiz? deya so‘rashdi. «Jahannamga uloqtirilib, e’tiborsiz 
qolishimdan dahshatga tushyapman» dedi Hasan Basriy, 
Jahannam ahliga mana shuiday nihoyasi yo‘q azob, sinov va hasratlar yuzlanadi. 
Azobning eng qattig‘i - jannatni, Alloh taoloning roziligini boy berib qo‘yganlari uchun 


Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
33
hasrat chekishlaridir. Allohning roziligi kabi eng oliy ne’matni dunyodek arzimas 
matohga sotganlarini anglagan paytda bu hasratning achchikligi chidab bo‘lmas darajaga 
yetadi va ular buni butun vujudlari bilan to‘xtovsiz his qilib turadilar. 
Ha, ular oliy ne’matni o‘tkinchi dunyoling arzimas, kir-chirkin istaklariga alishdilar. 
Keyin: «Voy, bunchalik. hasrat! Rabbimizga isyon qilib, o‘zimizni halok qilibmiz! Nimaga 
shoshildik? Ozgina sabr qilsak, muddati ko‘z ochib. yumishga teng kunlar allaqachon 
tugab, hozir olamlar Parvardigorining huzurida rizo mulkini qo‘lga kiritgan 
bo‘lmasmidik?!» deb qolishadi. 
Qanday musibat! Ular borini boy berishdi.Endi ular uchun dunyoning birorta ne’matu 
lazzati qolmadi. Keyin ularga jannat ne’matlari ko‘rsatildi. Balki, shu ne’matlarga guvoh 
bo‘lishmasa, hasratlari ziyoda bo‘lmasmidi?! 
Rasuli akram shunday dedilar: «Qiyomat kuni odamlar do‘zaxdan jannat tomon olib 
kelinadi. Ular jannatg‘a shu darajada yaqin bo‘lishadiki, hatto jannatning bo‘yini 
hidlashadi, u yerdagi qasrlarni va Alloh jannat ahli uchun hozirlagan narsalarini 
ko‘rishadi. Shunda ularga bu yerdan jo‘nab qolishlari, jannatda ular uchun nasiba 
yo‘qligi nido qilinadi. Ular shunday bir hasrat bilan qaytishadiki, na avvalgilarga va na 
oxirgilarga bunday hasratning misli ko‘rilgan. Keyin ular: «Ey Parvardigoro! Koshkk, jan-
natingdagi savoblarni va u yerda do‘stlarishta hozirlagan narsalarni ko‘rsatmasdan bizni 
jahannamga kiritsang, bizga chandon yengil bo‘lardi» deyipgadi. Shunda Alloh taolo 
ularga aytadi: «Sizlar yoningizda hech kim yo‘k paytda katta gunohlarni qilib, men bilan 
kurashga chog‘landingiz. Qachon odamlarga yo‘liqqaningizda. itoatkor bo‘lib qoldin-giz. 
Qalbingizda Menga nisbatan haqsizliklar sodir etgan holda, odamlarga buning xilofini 
ko‘rsatdingiz. Mendan emas, odamlardan qo‘rqdingiz. Meni emas, odamlarni 
ulug‘ladingiz. Odamlar uchun (eng aziz narsalaringizdan ham) kechdyangiz, Men uchun 
kecholmadingiz. Bas, bugun sizlar mahrum bo‘lgan abadiy savob barobarida alamli 
azobni totingiz» (Abu Hudba) rivoyati. 
Ahmad ibn Harb shunday deydi: «Oramizda shundaylar borki, soyani quyoshdan 
afzal sanashadi-yu, jannatni do‘zaxdan ortiq ko‘rmaydi». 
Iso alayhissalom dedilar: «Qancha sog‘lom gavdalar, go‘zal! yuzlar, fasih tillar bor
ertaga jahannam eshiklari oldida «dod-voy» solib qolishadi». 
Dovud alayhissalom aytadi: «Allohim! Quyoshingning taftiga sabrim yo‘q. 
Do‘zaxingning taftiga qanday chidar ekanman? Rahmating savtiga sabrim yo‘q, azobing 
ovoziga qanday toqat qilar ekanman?!» 
Ey miskin! Bu aytilganlar jahannam dahshatlaridan bir tomchi. Bilginki, Alloh taolo 
do‘zaxni va uning dahshatlarini yaratdi, ko‘paymaydigan va kamaymaydigan do‘zax 
ahlini ham yaratdi, bu bitgan ishdir: 

Yüklə 256,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin