«Alloh fazlu karami bilan ato qilgan narsalarning (zakotini) berishga baxillik qilgan kimsalar hargiz bu qilmishlarini o‘zlari uchun yaxshilik hisoblamasinlar! Yo‘q, bu qilmishlari o‘zlari uchun yomonlikdir. Ba-xillik qilib bermag‘an narsalari Qiyomat kunida bo‘yinlariga o‘ralajak!» (Oli Imron, 180-oyat).
Payg‘ambar alayhissalom dedilar:«Do‘zaxda yo‘gonliga tu-yaning bo‘ynidek keladigan
iloplar bor. Ular bir marta chaqsa, og‘rig‘i qirq yilgacha davom etadi. U yerda egarlangan
xachirdek chayonlar bor. Agar ular bir marta chaqsa, harorati qirq yilgacha ketmaydi. Bu
ilon va chayonlar dunyo xayotida baxil, badxulq, odamlarga aziyat beruvchi kishilarga
yopishadi. Kimki bunday yomon xulqlardan saqlansa, dunyoda o‘xshashi yo‘q o‘sha
ilonlardan saklangan bo‘ladi» (Ahmad rivoyati).
Jahannam holatlaridan birma-bir ogoh bo‘lar ekansan, jahannamiylarning jussalarini
hech tasavvur qilganmisan? Alloh taolo ularni eniga va bo‘yiga xaddan ortiq o‘stiradi va
shu katta jussalar orqali jahannamiylarga azobini ziyoda qiladi. Do‘zaxiylar olovning
yondirishi-yu, ilon va chayonlarning chaqishini bir daf’ada butun a’zolarini bilan his
etadilar.
Abu Hurayra Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini rivoyat qiladi:
«Do‘zaxda kofirning tishi Uqud tog‘icha, terisi uch kunlik masofa miqdorida bo‘ladi»
(Muslim rivoyati).
Rasuli akram dedilar: «Do‘zax ahlining pastki labi ko‘kragigacha osilib tushgan,
tepasi yuzlarini yopadigan da-rajada yuqoriga ko‘tarilgandir» (Termiziy rivoyati).
«Kofir Qiyomat kuni Sijjiynda tilini yerga sudrab yuradi, odamlar uni bosib o‘tadi»
(Termiziy rivoyati).
Jasad katta bo‘lgani uchun jahannam olovi uni bir necha marta yoddiradi. Terilari
kuyib bo‘lgach, qaytadan qoplanadi.
«Qachonki terilari kuyib bitishi bilan haqiqiy azobni totib ko‘rishlari uchun o‘rniga boshqa terilarni almashtiramiz» (Niso, 56) oyati tafsirida Hasan Basriy
shunday deydi: «Do‘zax kofirlarni har kuni yetmish ming marta yeb tugatadi. Xar yeb
tugatganida ularga: «Oldingi holingizga qaytinglar» deyiladi. Keyin ular oldin qanday
bo‘lsa, (yangi azob) uchun yana shunday holatta qaytishadi».
Jahannam ahlining ho‘ngrab yig‘lashlari, bo‘kirib o‘limni chorlashlarini ham bir
xayolingga keltir. Bularning barchasi dastlab do‘zaxga otilgan paytdayoq, sodir bo‘ladi.
Payg‘ambar alayhissalom dedilar: «U Kuni jahannam yetmish ming jilov bilan olib
kelinadi. Xdr jilovni yetmish ming farishta ushlaydi» (Muslim rivoyati).
Anas ibn Molik Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini rivoyat qiladi:
«Do‘zax ahliga shunday yig‘i beriladiki, ularning yuzida, tugagan ko‘z yoshlar o‘rnida
chu-kurga o‘xshash yoriklar paydo bo‘ladi. Yoriqlar ichida kema suzadigan darajada
qonga to‘ladi. Ho‘ngrash, bo‘kirish, dod-voylab o‘limni chorlashga izn berilganida go‘yo
rohatlanadilar. Lekin ular bundan ham man qilinadilar» (Ibn Moja rivoyati).