Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc



Yüklə 256,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/54
tarix27.04.2023
ölçüsü256,61 Kb.
#103860
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...

www.ziyouz.com kutubxonasi 
37
Rasuli akram bu haqda yana shunday deganlar:-«Jannatda-gi baland daraja egalarini 
ulardan quyidagilar xuddi os-mon ufqlarida porlagan yulduzlarni ko‘rganday ko‘radilar. 
Abu Bakr va Umar shulardandir...» (Termiziy rivoyati). 
Jobir Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan shunday rivoyat kiladilar: «Payg‘ambar 
alayhissalom bizga: 
— Sizlarga jannat ko‘shklarining xabarini beraymi? dedilar. 
— Ota-onamiz Sizga fido bo‘lsin, ey Allohning rayouli, xabarini bering, dedik. 
— Jannatda hamma tomoni gavhardan bunyod qilingan ko‘shklar bor. Bu ko‘shklar 
shu darajada shaffofki, tashqa-risidan ichi, ichidan tashqarisi ko‘rinib turadi. Ko‘shk 
ichkarisida na ko‘z ko‘rgan, na kuloq eshitgan, na inson xotiriga kelgan bir ne’mat, 
tuganmas lazzat, adoqsiz surur bor, dedilar. 
— Ey Allohning rasuli, bu ko‘shklar kim uchun hozirlangan? so‘radim. 
Shunday bir kishi uchunki, u salomni yoyadi, taom yedi-radi, davomli ro‘za tutadi, 
tunda odamlar uyquga g‘ark pay-tda namoz o‘qiydi, dedilar. 
— Ey Allohning rasuli, bularni kim bajara oladi? dedik. 
— Ummatim bu ishlarni bajarishga qodir. Ular haqida sizlarga xabar berayinmi? Kim 
birodariga yo‘liqqan paytda salom bersa yo alik olsa, demak u salomni yoygan bo‘ladi. 
Kimki ahli oilasini to‘yguncha oziqlantirsa, taom yediruvchilar jumlasidan bo‘ladi. Kimki 
ramazon oyida va har oyning uch kunida ro‘zador bo‘lsa, davomli ro‘za tutgan 
hisoblanadi. Kimkya xufton va bomdod namozini jamoat bilan ado qilsa, tunda odamlar 
ya’ni, yahudiylar, nasoralar va majusiylar uyquda paytda namoz o‘qigan bo‘ladi, dedilar 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam. (Abu Naim rivoyati). 
Alloh taoloning: «...abadiy jannatlardagi pokiza maskanlarga kiritur» (Saf, 12) 
oyati haqida Rasulullohdan so‘rashdi. Rasuli akram dedilar: «Pokiza maskanlar -
marjonlardan bunyod qilingan qasrlardir. Xar bir qasrda qirmizi yoqutdan bo‘lgan 
yetmishta xovli, xar hovlida yashil zumraddan bo‘lgan yetmishta uy, har uyda bir taxt
xar taxtda barcha ranglardan uyg‘un yetmishta to‘shak, xar to‘shakda ohu ko‘zli 
xurlardan bir jufti halol bor. Xar uyda yetmishta dasturxon, xar dasturxonda yetmish xil 
taom bor. Xar uyda yetmishta xodima bor. Mo‘min kishiga xar kuni ertalab shunday bir 
quvvat beriladiki, kun davomida xodimlarning barchasi bilan qo‘shilishga kodir bo‘ladi» 
(Abu Shayx rivoyati). 
Jannat suvratini xayolingda jonlantir. Jannat ahlining baxtiyorligi va bu dunyoning 
huzurhalovatini deb abadiy baxtiyorlikdan maxrumlarning hasrati haqida tafakkur et. 
Abu Hurayra Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini rivoyat qiladi: 
«Jannat devorining g‘ishtlari kumush va oltindan, tuprog‘i za’faron, loyi mushkdir» 
(Termiziy rivoyati). 
Abu Hurayra Rasuli akramdan rivoyat qiladi: «Kimki ulug‘ va qudratli Alloh 
tomonidan oxirat mayini totib, xushnud bo‘lmoqchi ekan, dunyo mayini tark etsin. Kimki 
oxiratda Alloh kiydirgan ipak (kiyim) dan sururga to‘lmoqchi ekan, duyayo ipagidan voz 
kechsin» (Tabaroniy rivoyati). 
«Jannat daryolar tepaliklar yoxud mushk tog‘lar ostidan toshib oqadi» (Abu Hurayra 
rivoyati). 
Oxiratda jannat ahliga beriladigan eng ko‘rimsiz ziynat ham bu dunyoning barcha 
zeb-ziynatlaridan afzaldir. Abu Hurayra Payg‘ambar alayhissalomning shunday 
deganlarini rivoyat qiladi: «Jannatdagi daraxt soyasi bir otliq yuz yil yuradigan masofa 
qadardir. «O’ng tomon egalari yoyilgan soya (osti) dadirlar» (Voqea, 30-oyat). 
Abu Umoma deydi: «Payg‘ambar alayhissalom sahobalari der edilar: «Ulug‘ va 
qudratli Alloh a’robiylar va ularning savollari bilan bizga naf beradi. Bir a’robiy kelib: 
Ey Allohning rasuli! Alloh Qur’onda aziyat beruv-chi bir daraxtni zikr qilibdi. 


Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy 

Yüklə 256,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin