Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc



Yüklə 256,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/54
tarix27.04.2023
ölçüsü256,61 Kb.
#103860
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...

www.ziyouz.com kutubxonasi 
44
O’z rahmati bilan mukarram etsin, zohiru botin gunohlardan bizni saqlasin. 
Alloh taolo karami barchaga barobar, rahmati keng, bandasiga sahovati cheksiz Zot. 
Bizni U Zotga eltuvchi yagona vosita O’zining fazli va karamidir. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar: «Alloh taoloning yuzta 
rahmati bor. Shulardan bittasi jinlar, insonlar, qushlar, hayvonlar va xashoratlar orasiga 
nozil etilgan. Nuzul etilgan bittagina rahmat tufayli ular bir-biriga mehribon, o‘zaro 
rahmli. Qolgan to‘qson to‘q-qizta rahmati bilan Alloh taolo Qiyomat kuni bandalariga 
rahm qiladi» (Muslim rivoyati). 
Rivoyat qilinadiki, Qiyomat kuni Alloh taolo Arshning tagidan bir yozuvni chiqaradi. 
Unda shunday so‘zlar bitilgan: «Albatta Mening rahmatim g‘azabimdan o‘zguvchidir. Men 
raxm qilguvchilarning rahmlirog‘iman». Shunda do‘zaxdan jannat ahliga ikki barobar 
ko‘p kishi chiqarilur» (muttafaqun alayh). 
Rasululloh sollalohu alayhi vasallam dedilar: «Ulug‘ va qudratli Alloh Qiyomat kunida 
bizga tabassum bilan tajalli qilib: «Musulmonlar jamoasiga xushxabar bering, ulardan 
har bittasining o‘rniga jahannamda yahudiy yoki nasroniyga joy hozirladim» deya 
marhamat qiladi» (Muslim rivoyati). 
Payg‘ambar alayhissalom aytadilar: «Alloh taolo Qiyomat kunida mo‘minlarga qarata: 
— Men bilan uchrashishga intiqmidingiz? deydi. 
— Ha, albatta, ey, Rabbimiz bo‘lgan zot! deyishadi. 
— Nega? 
— Sening afv qilishingdan, mag‘firatingdan umidvormiz, deyishadi. 
— Sizlarga mag‘firatimni vojib qildim, deydi Alloh taolo» (Ahmad, Tabaroniy rivoyati). 
Payg‘ambar alayhissalom aytadilar: «Ulug‘ va qudratli Alloh Qiyomat kunida: «Falon 
kuni meni zikr etgan yoxud falon yerda Mendan qo‘rqqan kishilarni do‘zaxdan chiqaring» 
deydi» (Termiziy rivoyati). 
Rasuli akram dedilar: «Allohning xohishi bilan jahannamda do‘zax ahli va ba’zi qibla 
ahli jamlanadi. Shunda kofirlar qibla ahlidan; 
— Sizlar musulmon emasmidinglar? deya so‘raydi. 
— Ha, musulmon edik... 
— Musulmonligingiz foyda bermadimi? Nega sizlar ham biz bilan birgasiz?! 
Gunohlarimiz bor, shuning uchun jahannamdamiz, deyishadi osiy musulmonlar. 
Ularning bu so‘zlarini eshitgan ulug‘ va qudratli Zot o‘sha zaxoti ahli qiblaning 
do‘zaxdan chiqarilishini amr etdi. Bas, ular jahannamdan xalos etildi. Buni ko‘rgan 
kofirlar: «Biz ham musulmon bo‘lsak, ularga o‘xshab biz ham do‘zaxdan chikarilar edik» 
deb qolishadi. Keyip Pay-g‘ambar alayhissalom ushbu oyatni o‘qidilar: 

Yüklə 256,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin