«(Ular) chodirlarda asralgan hurlardir» (Rahmon, 72-oyat).
Mujohid Oli-Imron surasi 15-oyatdagi «Azvajun mu-tohxaroh» - «Pokiza juftlar»
iborasi tafsirida deydi: «Ya’ni, ular hayz, hojat, bavl, tupuk, balg‘am, maniy va farzand
tug‘ishdan ozod - pokdirlar».
«Shak-shubhasiz, jannat egalari bu Kunda (o‘zlari istagan-orzu qilgan) ish
(lari) bilan shod-xurram bo‘lguv-chidirlar» (Yosin, 55) oyati tafsirida Avzo’iy
aytadi: «Ularning mashg‘uloti qizlarning bakarotini olmokdir».
Bir kishi: «Ey Allohning rasuli, jannat ahli ham jufti bilan qo‘shiladimi?» deya so‘radi.
«Jannat ahliga sizdek yetmishtasidan ko‘proq kishining quvvati berilur» dedilar Rasuli
akram.
Abdulloh ibn Umar aytadi: «Jannatning quyi dara-jalaridan o‘rin olgan kishining
mingta xodimi bo‘lib, har bir xodim boshqasinikiga o‘xshamagan alohida ish bilan band
Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
41
bo‘lur».
Rasuli akram dedilar: «Har bir jannat ahli besh yuzta xurga, to‘rt mingta bokira
ayolga va sakkiz mingta beva ayolga uylanadi. Ularning xar birini dunyodagi umri
miqdoricha bag‘rkga olur» (Bayhaqiy rivoyati).
Payg‘ambar alayhissalom aytadilar: «Jannat bozorida oldi-sotdi yo‘q. U yerda er va
ayol suratlari bor. Erkak kishi ko‘ngli tusagan suratning ichiga kiradi. Uning ichida ohu
ko‘z xurlar jamlangan bo‘lib, jonzot tinglamagan ovozla-rini ko‘tarib: «Biz jannatda
abadiy qolguvchimiz, hech qachon o‘lmaymiz. Bizning badanlarimiz latif, biz hech
qachon hazin bo‘lmaymiz. Biz erlarimizdan rozi bo‘lganlarmiz, g‘azablanmaymiz. U
bizniki va biz uniki bo‘lgan jannatiy naqadar baxtli!» deyishadi (Termiziy rivoyati).
Anas roziyallohu anhu Rasuli akramning shunday deganlarini aytadi: «Jannatdagi ohu
ko‘z hurlar shunday deb kuylashadi: «Biz eng go‘zal hurlarmiz, javonmard erlar uchun
saqlandik» (Tabaroniy rivoyati).
Abu Umoma Boqiliy deydi: «Payg‘ambar alayhissalom dedilar: «Jannatga kirgan har
bir bandaning boshi va oyog‘i uzra ikkita ohu ko‘z hurlar o‘tirur. Ular bu bandaga eng
go‘zal tovushda kuylashadi. Uni insu jin tinglaydi. Bu tovush shaytonning nag‘masi
emas, balki Allohga hamd va takdisdir» (Tabaroniy rivoyati).
Jannat ahlining sifatlari haqida ba’zi xabarlar
Usoma ibn Zayd rivoyat qiladi: «Payg‘ambar alayhissalom ashobiga: «Jannatga
shoshilayotganlar bormi, jannatda xatar yo‘q?! Ka’baning Rabbiga qasamki, jannat
porlagan nur, (xush ifor taratib) chayqalib turgan rayhon, mustahkam qal’a, to‘xtovsiz
oqayotgan daryo, mo‘l-ko‘l va g‘arq pishgan meva, yopinchiklar o‘rangan chiroyli ayol,
abadiy makomdagi ne’mat, salim, ko‘rkam, baland diyordagi bir jilvadir» dedilar.
— Biz u joyga shoshyapmiz, ey Allohning rasuli, deyishdi sahobalar.
— «Inshaalloh» deng, dedilar Payg‘ambar alayhissalom va Alloh yo‘lida kurashni
eslatdilar va unga undadilar»- (Ibn Moja, Ibn Hibbon rivoyati).
Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib:
— Men otni yaxshi ko‘raman, jannatda ham ot bo‘ladimi? deya so‘radi.
— Otni yaxshi ko‘rsang, senga qizil yoqutdan bo‘lgan ot beriladi. U ot sen bilan
jannatning istagan yeriga uchib boradi, deb javob berdilar Payg‘ambar alayhissalom.
— Men tuyani yaxshi ko‘raman, jannatda tuya bo‘ladimi? so‘radi boshqasi.
— Ey Allohning bandasi! Agar jannatga kirsang,
ko‘ngling u yerda nimani tusasa, ko‘zingni pima quvontirsa, u senikidir, dedilar
Payg‘ambar alayhissalom» (Termiziy rivoyati).
Abu Said Xudriydan rivoyat qilinadi: «Jannat ahliga o‘zi xohlaganidek farzand
tug‘iladi. Uning xomila dav-ri, tug‘ilishi va yigit bo‘lib voyaga yetishi bir soat ichida ro‘y
beradi» (Ibn Moja, Termiziy rivoyati).
Rasululloh sollallahu alayhi vasallam dedilar: «Jan-nat ahli jannatda qaror topgach,
birodar birodariga mushtoq bo‘lur. Shunda birining taxti boshqasining taxtiga yurib
borur va ikki birodar yonma-yon bo‘lib qolur. Ular dunyoda bo‘lgan kezlarini xotirlashib,
bir-biriga aytur; «Ey birodarim! Falon kuni, falon majlisda Alloh taologa yolborib duo
qilganimiz esingdami! Mana, ulug‘ va qudratli Alloh bizni mag‘firat qildi» (Bazzor
rivoyati).
Payg‘ambar alayhissalom dedilar: «Jannat ahlining eng kuyi darajadagisi uchun
sakson ming xodim va yetmish ikki zavjasi bo‘lur. Uning uchun la’l, zabarjad, yoqutdan
iborat qubba tiqilur. Qubbaning ichi Jobiya va San’o orasi qadar kengdir. Jannat ahlining
boshlarida tojlari bor. Tojdagi injuning eng kichigidan mashriq va mag‘-ribni yorutgudek
ziyo taraladi» (Termiziy rivoyati).
Alloh rahmatiga olsin, Hasan Basriy jannat sifatla-rini shunday zikr qiladi: «Jannat
Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy
Dostları ilə paylaş: |