Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc



Yüklə 256,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/54
tarix27.04.2023
ölçüsü256,61 Kb.
#103860
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...

 
 
Alloh taoloni ko‘rish 
Alloh taolo dedi: 
«Chiroyli amal qilgan zotlar uchun go‘zal oqibat va ziyoda (ne’matlar) 
bordir» (Yunus, 26-oyat). 
Ziyoda ne’mat Alloh taoloning jamoliga boqmokdir. Bu shunday ulug‘ lazzatki, jannat 
ahli bu lazzat oldida bo-shqa barcha ne’matlarni unutadi. 
Jarir ibn Abdulloh Bajliy deydi: «Payg‘ambar alayhissalom huzurlarida o‘tirgan edik. 
Oy to‘lishgan kechasi oyga karab, shunday dedilar: «Mana shu oyni qaqtsay ko‘rib 
turgan bo‘lsangiz, albatta Rabbingizni ham shunday (aniq va tiniq) ko‘rursiz. Ko‘rishda 


Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
43
hech kim haqsizlikka uchra-mas. Agar quyosh chiqishidan va botishidan oldin namoz 
o‘qishga qodir bo‘lsangizlar, uni ado qilinglar» deya ushbu oyatni o‘qidilar: «Bas, (Ey 
Muhammad) Siz ular aytayotgan so‘zlarga sabr-toqat qiling va quyosh chikishidan va 
botishidan avval Parvardigoringizga hamdu sano aytish bilan (U Zotni) poklang - namoz 
o‘qing...» (Toho, 130-oyat). 
Imom Muslim Suhaybdan shunday rivoyat qiladi: «Ra-sululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Chiroyli amal qilgan zotlar uchun go‘zal oqibat va ziyoda (ne’matlar) 
bordir...» (Yunus, 26) oyatini o‘qib, dedilar: 
Jannat ahli jannatga, do‘zax ahli do‘zaxga kirar ekan, munodiy nido qiladi; «Ey 
jannat ahli! Alloh sizlarga va’da qilgan narsasini ado qilmoqni xohlaydi». 
— Qanday va’da? Axir, Rabbimiz bizning mezonimizni og‘ir, yuzlarimizni urug‘ qilib, 
jannatiga kirgizdi, do‘zaxdan qutqardi! deyishadi. 
Shunda parda ko‘tarilib, ular ulug‘ va qudratli Allohning jamoliga boqadilar. Ularga 
Allohning diydoriga yetishdan suyukliroq ne’mat berilmagan». 
Allohning jamolini ko‘rmoq xususida sahobalardan ko‘p hadislar rivoyat qilingan. Bu 
eng go‘zal holat, eng go‘zal ne’matdir. Allohning diydoriga yetish sururi va saodati oldida 
biz yuqorida ta’rifu tavsif etgan jannatning barcha ns’matlari hechdir! 

Yüklə 256,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin