Ihyou ulumid-din. O’limdan so’ng. Imom G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
45
buyuradi. Bittasi zanjirlarini sudrab, buyurilgan
joyga gaoshadi, do‘zax uni komiga
chorlaydi. Ikkinchisi shoshmaydi. Alloh taolo yana qaytadan ularga do‘zaxdan chiqishni
amr etadi. Savol-javob boshlanadi. Do‘zaxga shoshib kirib ketgani aytadi: «Gunohning
xalokatli oqibatidan qo‘rkdim. Amringda sustkashlik qilmay, ikkinchi marotaba
g‘azabingga yo‘likmay, dedim.» Do‘zaxga shoshmasdan kirgan deydi: «Sen hakda-
yaxshi gumonga bordim. Do‘zaxdan bir marta olib chiqqaningdan
keyin kayta u yerga
meni tashlamassan, degan o‘yga bordim». Alloh taolo u ikkisiga ham jannatga kirishni
buyurdi».
Rasuli akram aytadilar: «Qiyomat kuni Arishing ostvda bir munodiy shunday nido
qiladi: «Ey Muhammad ummati! Mensizlarning ustingizdagi haqqimni o‘zingizga hadya
qildim. Sizlar ham bir-biringizning xaqlaringizni o‘zaro hadya
qilishing va Allohning
rahmati bilai jannatga kiring» (Abu Said Kushayriy rivoyati).
Sunojiy deydi: «Uboda ibn Somitning xuzuriga kirdim. U o‘lim to‘shagida edi,
yig‘ladim. Shunda Uboda: «Nega yig‘layapsan, o‘zingni bos?! Allohshshg rasulidan
eshitgan har bir xayrni sizga yetkizganman. Ammo bitta hadis bor, uni sizga stkizmagan
edim. Bugun, jonim g‘arg‘araga kelgan bir paytda sizga uni aytay. Rasulullohning
shunday deganlarini eshitganman: «Kimki «la ilaha illallohu
va antsa Muhammadan
rasululloh» deb guvohlik bersa, Alloh unga do‘zax o‘tini harom qiladi» (Muslim rivoyati).
U Abdulloh ibn Amr ibn Os.aytadi: «Rasululloh shunday dedilar: «Alloh taolo Qiyomat
kuni ummatimdan bir kishini xaloyiq ko‘z oldida qutqaradi. Keyin u kishining to‘qson
to‘qqiz daftari ochiladi. Har daftar ko‘zning nazari yetadigan joy kadar kattadir. Alloh
taolo u kishidan:
— Bu daftarlarda bitilganlardan biron narsani inkor etasanmi? Amallarni yozib
boruvchi farishtalardan norozi emasmisan? deb so‘raydi.
— Yo‘q, (yozilg‘anlarning barchasi to‘g‘ri), ey Rabbim. deydi u kishi.
— Biron uzrlik ishing bormi?
— Uzrlik ishim yo‘q, ey Rabbim.
— Bale, huzurimizda senga
atalgan bir yaxshilik bor, bugun senga zulm yo‘q, deydi
Alloh taolo va bir parcha bitikni unga ko‘rsatadi: «Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu
anna Muhammadan Rasululloh».
— Ey Rabbim, bu parchagina bitik shuncha daftarlar qoshida nima bo‘lardi?
— Senga zulm qilinmas, deydi Alloh taolo.
So‘ngra daftarlar
tarozining bir pallasiga, haligi parcha bitik tarozining boshqa
pallasiga qo‘yiladi, parchagina bitik shuncha daftarlardan og‘ir keladi.
Demak, hech narsa Allohning ismidan og‘ir kelolmaydi» (Termiziy rivoyati).
Qiyomat va Sirot vasf etilgan bir hadis so‘ngida aytiladi: «Kimning qalbida dinor
misqolicha yaxshilik topsangiz, uni do‘zaxdan chiqaring». Ko‘p xalq do‘zaxdan chiqa-
rilganidan so‘ng farishtalar aytishadi:
— Parvardigoro, do‘zaxdan chiqarishni buyurganlaringdan
birortasini ichkarida
qoldirmadik. Shunda Alloh taolo:
— Qalbida yarim dinor misqolicha yaxshiligi bor bandamii do‘zaxdan chiqaring! deb
buyuradi.
Ko‘p xalq do‘zaxdan chiqadi va farishtalar:
— Parvardigoro, bizga do‘zaxdan chiqarishni buyurganlaringdan
birortasini u yerda
qoldirmadik, deyishadi. Shunda Alloh taolo:
— Qalbida zarra misqolicha yaxshilik bor bandamni do‘zaxdan chiqaring, deb amr
qiladi.
Ko‘p xalq do‘zaxdan chiqadi. So‘ng farishtalar:
— Parvardigoro, do‘zaxdan chiqarishni buyurganlaringdan birortasini u yerda