Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...
www.ziyouz.com kutubxonasi
46
qoldirmadik, deyishadi».
Abu Said aytadi: «Kim bu hadisni tasdiq etmasa, ushbu oyatni o‘qisin:
«Shubhasiz, Alloh birovga bir zarra vaznicha zulm qilmas, Agar (zarracha) yaxshilik bo‘lsa, uni bir necha barobar qilur, yana O’z huzuridan ulug‘ ajr ato qilur» (Niso, 40-oyat).
Alloh taolo shunday deydi: «Farishgalar shafoat qildilar, payg‘ambarlar shafoat
qildilar, mo‘minlar shafoat qildilar. Arhamur Rohimin bo‘lmish Zotdan o‘zgasi qolmadi».
Shunda Alloh taolo umrida yaxshilik qilmagan, jahannam ko‘miriga aylanib ketgan
qavmni jannat eshigi oldidagi Hayot daryosiga otadi. Ular oqimning quyi qismidagi o‘t-
o‘landek bo‘lib daryodan chiqishadi. Tosh va daraxtlar yaqinidagi bu o‘t-o‘lanlarga hech
ko‘zingiz tushtanmi? Ular quyosh nurida sariq va ko‘kimtir bo‘lib, soyalari oqish rangda
ko‘riiadi.
— Ey Allohning rasuli! Go‘yo barchasini hech to‘siqsiz, yalang bir tekislikda
ko‘rayotgandek tasvirlayapsiz-a! deyishdi.
— Ular marjondek bo‘lib chiqishadi. Bo‘yinlarida muhrlari bor, jaknat ahli ularni tanib,
deyigaadi: «Ana ular - Rahmonning do‘zaxdan xalos etgan bandalari! Alloh ularni biron
(solih) amalsiz, savobsiz jannatga kiritgan».
Keyin Alloh taolo:
— Jannatga kiringiz, nimaiki ko‘rsangiz, u siz uchundir, deydi.
— Ey Parvardigoro! Birorta kishiga bermagan ne’matingni bizga berding, deyishadi.
Shunda Alloh taolo:
— Huzurimda siz uchun bundanda afzali bor, deydi.
— Parvardigoro! Bundan afzal nima bo‘lishi mumkin?!
— Sizdan roziligim va bundan so‘ng hamisha g‘azabimdan omonda ekanligingiz,
deydi Alloh taolo» (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Ibn Abbosdan rivoyat qilinadi: «Bir kuni Payg‘ambar alayhissalom yonimizga kelib,
dedilar: «Menga ummatlar ko‘rsatildi. Ba’zi payg‘ambarlar yonida bir kishi, ba’zisi ikki
kishi bilan, qaysidir payg‘ambar yolg‘iz, qaysi bir paig‘ambar yonida jamoat bilan o‘tdi,
Keyin bir olomonga ko‘zim tushdi. Mana shu mening ummatim bo‘lsa kerak, deya umid
qildim. «Bu Muso va uning qavmi» deyildi. So‘ngra menga: «(Anavi tomonga) karang»
deyildi. Ufqlarni to‘ddirgan jamoatni ko‘rdim. So‘ngra menga: «Anavilarga... anavilarga
qarang» deyildi. Juda katta jamoatni ko‘rdim. Shunda menga: «Ular sizning ummatingiz,
anavi yetmish mingtasi jannatga hisob-kitobsiz kiradi» deyildi».
Keyii odamlar tarqalishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u qavmning kimlar
ekanini bayon qilmadi. Saxobalar bu xakda o‘zaro munozaraga kirishishdi: «Biz shirk
ichida tug‘ildik. Lekin Alloh va rasuliga iymon keltirmadik. U qavm bizning
farzandlarimizdir». Bu so‘zlar Payg‘-ambar alayhissalomgacha borib yetgach, dedilar:
«Ular shunday kishilarki, badanlariga olov bosib, kuydirmaydilar, fol ochmaydilar,
(yolg‘iz) Parvardigoriga tavakkul qiladilar».
Shunda Ukkosha o‘rnidan qalqib:
— Ey Allohning rasuli, duo qiling, Alloh meni o‘sha qavm jumlasidan etsin! dedi.
— Sen u qavmdansan, dedilar Payg‘ambar alayhissalom.
Keyin yana biri o‘rnidan turib, Ukkoshaning so‘zlarini takrorladi. «Ukkosha sendan
peshqadamlik qildi» dedilar Rasululloh u kishiga» (Buxoriy rivoyati).
Umar ibn Hazm Ansoriydan shunday rivoyat qilinadi: «Rasudulloh sollallahu alayhi
vasallam uch kunlar oramizdan g‘oyib bo‘ldilar. Faqat farz namozlaridagina hozir bo‘lib,
boshqa payt yana ko‘rinmay qolardilar. To‘rtinchi kun oldimizga chiqdilar, shunda biz
so‘radik:
— Ey Allohning rasuli, bizni o‘zingizni chetga tortdingiz, biron korhol ro‘y berdimikan?