Microsoft Word ihyo ulimdan sung ziyouz com doc


«Zero; Bizning dargohiiizda (kofirlar uchun tayyorlab qo‘yilgan) kishanlar



Yüklə 256,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/54
tarix27.04.2023
ölçüsü256,61 Kb.
#103860
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. O\'limdan keyin...

«Zero; Bizning dargohiiizda (kofirlar uchun tayyorlab qo‘yilgan) kishanlar 
va (ularni kuydirib azob berguvchi) olov-do‘zax bordir! Va (tomoqqa) 
tiqilguvchi (yiring va qon kabi) «taom» hamda alamli azob bordir!» 
(Muzzammil, 12- 13-oyatlar). 
Ibn Abbos Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini rivoyat qiladi: «Agar 
dunyo dengizlariga «zaqqum» ning bir tomchisi to‘kilsa, dunyo ahlining butun hayotini 
buzadi» (Termiziy rivoyati). 
Bir tomchisi shunchalik bo‘lsa, taomi «zaqqum» bo‘lgan kishining holi ne kecharkan?! 
Anas aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: «Alloh sizlarga 
targ‘ib etgan narsalarga rag‘bat qiling. Alloh sizlarni qo‘rqitgan narsaning azobidan, 
jazosidan, jahannamdan saqlaning. Agar siz yashayotgan bu dunyoga jannatdan bir 
parcha tushsa, hayotingiz nihoyatda go‘zal va ko‘rkam bo‘lib ketardi. Agar unga 
do‘zaxdan bir parcha tushsa, butun hayotingiz bulg‘angan bo‘lardi» (Bayhaqiy rivoyati). 
Abu Dardo Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganligini aytadi: «Jahannam ahli 
jahannam azoblari barobar ochlikka duchor etiladi. Ular taom so‘raydilar. Ularga oziq 
bo‘lmaydigan, ochlikni ziyoda qiladigan «zariy’» (zaharli va badbo‘y tikansimon o‘simlik) 
dan bo‘lgan taom beriladi. Ular «taom, taom» deb baqirishadi. Shunda ularga 
tomoqlarini bo‘g‘adigan taom beriladi. (Dunyo hayotida) tomoqqa nimadir tiqilib 
qolganida uni suv bilan yutib yuborganlarini eslab, suv so‘raydilar. Ularga tsmir 
changaklarga ilingan idishlarda qaynoq suv uzatiladi. Idishga yaqinlashishlari bilan 
changakning hovurli tafti yuzlarni yondiradi, ichgan suvlari tamomi a’zolarini kuydi-radi. 
Keyin ular bir-birlariga: «Jahannamning qo‘riq-chilarini chorlanglar» deb qolishadi. 
«(Shunda) do‘zaxdagi kimsalar jahannam qo‘riqchilariga: 
«Parvardigoringlarga duo qilinglar, bizlardan biron kunlik azobni yengillatsin», 

Yüklə 256,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin